Rom (ichimlik)




Rom (ing. rum) — kuchli spirtli ichimlik, shakarqamish sharbatini yoki shakarkamishdan shakar i. ch. chiqindilarini bijgʻitib va uni haydash yoʻli bilan olinadigan spirtdan tayyorlanadi. Spirtga distillangan suv (quvvati 40— 45° va undan ortiq boʻlishi mumkin), 1 % qand qoʻshiladi va aralashmaga kuydirilgan qand qoʻshib, rang beriladi. Eman bochkalarda havo namligi 70—80% va harorati 18—23° boʻlgan joyda kamida 4 yil saqlanadi. R. barcha shakarqamish yetishtiriladigan mamlakatlarda ishlab chiqariladi. Dastlab 17-asr da VestIndiyayaa tayyorlangan.

Jahonda Yamayka, Kuba, Gvadulepa, Martinika R.lari mashhur. Oʻzbekistonda 20-asrning 70-yillarida Surxondaryo viloyatining Denov shahrida joylashgan Denov rom (hozirgi vinoaraq) zdida "Surxon" R. ichimligi, Samarqand vino kombinatida "Sovet Romi" ishlab chikarilgan. Olimjon Alimov.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz