Rollton




Rollton  — oziq-ovqat mahsulotlarining xalqaro brendi. Ushbu brendga Mareven Food Holdings tomonidan egalik qilinadi va mahsulotlari Sharqiy Yevropa, MDH, Yevropa Ittifoqi, Afrika va Osiyo mamlakatlarida sotiladi. Rollton brendi ostida tez tayyorlanadigan ugra, anʼanaviy makaron, tuxumli makaron, kartoshka pyuresi, shoʻrva, bulyon va ziravorlar ishlab chiqariladi. Brend yiliga 1 milliarddan ortiq mahsulotni sotuvga chiqaradi. „Rollton“ logotipida yurak ramzi tasvirlangan. Bozordagi eng yirik raqobatchisi Janubiy Koreyaning „Doshirak“ brendi hisoblanadi.

Tarixi



1998-yilda „Rollton“ savdo uyi tomonidan boshqariladigan tashkilot tuzildi, uning egasi
mintaqaning transmilliy kompaniyasi boʻlib, uni ishlab chiqarish uchun avtomatik
liniyalar bilan ikkinchi korxona qurilishi boshlandi, u 2001-yilda ishlay boshladi.

Hozirda tanish boʻlgan tez tayyorlanadigan ugralar 1999-yilda ishlab chiqarilib, Rollton
brendi mahsulotlari tarixini boshlab bergan.

2001-yilda esa kartoshka pyuresi ishlab chiqarila boshlandi.

2002-yilda „Rollton“ yumshoq qadoqdagi bulyonini ommaga taqdim etdi.

2013-yilda u anʼanaviy makaron ishlab chiqarishni boshladi. 2020-yilda Roskachestvo
tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv natijalariga koʻra, „Rollton“ning penne makaroni Rossiya
bozorida eng yaxshi makaron deb topilgan.

2005-yilda Rollton mahsulotlari Rossiyadan tashqari dunyoning 18 ta davlatiga, jumladan,
MDH va Boltiqboʻyi mamlakatlari, Germaniya, Gretsiya, Mo'g'uliston, Ruminiyaga yetib
keldi. Va 2005-yilning yozida, birinchi marta, Rollton Janubiy Afrikaga kirib keldi.

2021-yil holatiga koʻra, Rollton brendi ostida 94 turdagi mahsulot ishlab chiqarilmoqda.

Ishlab chiqaruvchisi




1998-yildan 2007-yilgacha boʻlgan muddatda Rollton brendi ostidagi mahsulotlar DHV-S
kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

2007-yildan boshlab esa Rollton DHV-S ning vorisi „Mareven Food Central“ MChJ (Rossiya) tomonidan ishlab chiqarilmoqda va sotilmoqda.

2011-yilda Mareven Food Holdings 100 % xorijiy sarmoya bilan Mareven Food Europe (Ukraina) zavodini
ochdi va natijada Rollton brendi ostida mahsulot ishlab chiqarish kengaydi.

2016-yilda Mareven Food Tien Shan (Qozogʻiston) makaron va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish zavodi qurilishi boshlandi. 2018-yilning aprel oyida ilk mahsulotlar muvaffaqiyatli ishlab chiqarila boshlandi.

2018-yilda Oʻzbekistonning Toshkent shahrida „Mareven Food Central“ MChJ vakolatxonasi
ochildi.

Reyting va mukofotlari



• 2007-yilda Rollton Forbes 50 ta eng mashhur rus brendlari roʻyxatida 37-oʻrinni egalladi.

• 2007-yilda 50 eng koʻp sotilgan rus brendlari reytingida „Rollton“ 38-oʻrinni egalladi.

• 2009-yilda Forbesning 50 ta eng mashhur rus brendlari roʻyxatida 21-oʻrinni egalladi.

• 2020-yilda „Rollton“ taniqli tovar belgisi sifatida tan olindi.

• Rollton Brand Footprint 2021 da Rossiyaning eng yaxshi 10 ta brendi roʻyxatiga kirdi.

• 2021-yilda Rollton mahsulotlari „Sifat kafolati-2021“ oziq-ovqat sifati tanlovida oltin va kumush medallarni qoʻlga kiritdi.

• 2021-yilda „Rollton“ kompaniyasi „Online Market Intelligence“ kompaniyasining yillik tadqiqotida „Tez tayyorlanuvchi ovqatlar: ugra, shoʻrvalar, kartoshka pyuresi“ toifasida
birinchi oʻrinni egalladi.

Yana qarang



• Rollton rasmiy sayti

• Mareven Food Central rasmiy sayti

• Mareven professional food sayti

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz