Rolls-Royce Ghost




Rolls-Royce Ghost  – Rolls-Royce Motor Cars tomonidan ishlab chiqarilgan toʻliq oʻlchamli hashamatli avtomobil. „Ghost“ nom belgisi 1906-yilda ishlab chiqarilgan Silver Ghost sharafiga nomlangan boʻlib, 2009-yil aprel oyida Shanxay avtosalonida eʼlon qilingan. Ishlab chiqarishga moʻljallangan model rasman 2009-yilda Frankfurt avtosalonida taqdim etilgan.

BMW AG bayonotiga koʻra, ichki yonuv dvigateliga ega ushbu avlod avtomobili faqatgina 2030-yilgacha ishlab chiqariladi va bundan maqsad kompaniya keyinchalik faqat elektr bilan ishlovchi modellar ishlab chiqarish niyatida ekanligidadir.

200EX modeli (2009)



"Rolls-Royce 200EX" 2009-yil mart oyida Jeneva avtosalonida namoyish etilgan va Ghost seriyasining umumiy dizayn uslubini koʻrsatib bergan. Hozirgacha seriyaning boshqa modellaridagi dizayn birinchi modelnikidan deyarli farq qilmaydi.

Birinchi avlod




Rolls-Royce Ghostning rasmiy nomi dastlab 2009-yil aprel oyida eʼlon qilingan, seriyaning birinchi avtomobili esa 2009-yilda Frankfurt avtosalonida taqdim etilgan va 2009-yil sentyabr oyida sotuvga chiqarilgan.

1-seriya (2009-2014)



Ghost dizayni Andreas Thurner va Charles Coldham tomonidan ishlab chiqilgan va muxandis Helmut Riedl tomonidan loyihalangan. Helmut Riedl kattaroq model, Rolls-Royce Phantom loyihasiga ham bosh boʻlgan. Dizayn bosqichida RR04 kod nomini olgan Ghost, Bentley Flying Spur va Mercedes-Benz S-Class kabi Phantomga qaraganda ancha arzonroq avtomobillar bilan raqobat qilish maqsadida ishlab chiqilgan.

2-seriya (2014–2020)



Yangilangan 2-seriya Ghost 2014-yilda Jeneva avtosalonida taqdim etilgan.

Galereya



1-seriya

2-seriya

Ikkinchi avlod




Ghostning keyingi avlodi birinchi marta 2019-yil 24-yanvarda uzoq kutilgan yangilanish bilan sinovdan oʻtkazildi va 2020-yil 1-sentabrda toʻliq namoyish etildi. Birinchi avloddan farqli oʻlaroq, bu avtomobil sakkizinchi avlod Phantom va Cullinan yoʻl tanlamasi bilan bir xil platformaga ega.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz