Rolando Fonseca




Rolando Fonseca Jiménez (talaffuzi: Rolando Fonseka Ximenez) (1974-yil 6-iyunida tugʻilgan) — Kosta-Rikalik sobiq professional futbolchi.

Rolando Fonseca El Principito (Kichik shahzoda) va El Rolo laqablari bilan tanilgan. Rolando Fonseca hujumchi sifatida oʻynagan.

Rolando Fonseca Kosta Rika milliy futbol terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi.

Klublardagi faoliyati



Rolando Fonseca Gvatemaladagi "Comunicaciones", "Independiente Medellín" va Kolumbiyadagi "América de Cali", Meksikaning "Pachuca" va "La Piedad" , "Saprissa", "Alajuelense" va "Municipal Liberia" futbol klublari safida oʻynagan.

Rolando Fonseca Kosta-Rikadagi liganing eng yaxshi ikki jamoasi "Saprissa" va "Alajuelense" futbol klublarida jami 271 oʻyin oʻtkazib, 100 dan ortiq gol urgan. Rolando Fonsecaning „Deportivo Saprissa“ futbol klubi safidagi ilk oʻyini 1991-yil 1-iyun kuni "ASODELI" futbol klubiga qarshi uchrashuvda boʻlib oʻtgan. Shuningdek, Rolando Fonseca 1993—1994, 1994—1995 „Saprissa“ futbol klubi va 1996—1997, 2001—2002, 2002—2003 va 2004—2005-yillarda „Alajuelense“ futbol klubi safida Kosta-Rika chempionligini qoʻlga kiritgan. Kosta-Rikadan tashqari Rolando Fonseca 1998, 1999, 2000, 2002, 2008 va 2010-yillarda "Comunicaciones" va 1997-yilda "América de Cali" futbol klublari bilan liga chempionligini qoʻlga kiritgan.

„Alajuelense“ futbol klubi va Kosta Rika milliy futbol terma jamoasi bilan yaxshi oʻyin koʻrsatganidan soʻng, Rolando Fonseca 2007-yilda Xitoy, Chili, Turkiya davlatlaridagi ligalardan takliflar oldi. Ammo, yakunda Rolando Fonseca „Munitcipal Liberia“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.

„Munitcipal Liberia“ futbol klubini tark etganidan soʻng, Fonseca „Comunicaciones“ futbol klubi safiga qaytib keldi. Rolando Fonseca 2011-yil yanvar oyida oʻzining futbolchilik faoliyatini yakunladi. Biroq oradan bir yil-u yetti oy oʻtib, 2012-yil 19-avgustda „ Asociación Deportiva Carmelita“ futbol klubi safiga qoʻshilish orqali professional futbolga qaytdi. „Carmelita“ futbol klubi bilan uchta oʻyinda maydonga tushganidan soʻng, Rolando Fonseca 2012-yil sentyabr oyida klubni tark etdi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati



Rolando Fonseca 1992-yildan beri Kosta Rika milliy futbol terma jamoasida oʻynab kelmoqda. U 100 dan ortiq xalqaro oʻyinlarda jamoa safida maydonga tushgan. Rolando Fonseca xalqaro oʻyinlarda 47 gol urishga muvaffaq boʻlgan. Bu natija bilan u mamlakatning terma jamoadagi eng yaxshi toʻpurariga aylangan.

Xalqaro oʻyinlardagi gollar




Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz