Roland Juhász




Roland Juhász (talaffuzi: Roland Yuxas; 1983-yil 1-iyulda tugʻilgan) — vengriyalik sobiq professional futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan.

Faoliyati



MTK Budapest



Juhász ilk faoliyatini mahalliy „Tapioshecső“ klubida boshlagan. Ilk professional faoliyatini 1999-yilda Budapeshtning MTK klubida oʻtkazgan. Vengriya ligasida 107 ta oʻyin oʻtkazib, 12 ta gol urgan va shundan keyin Vengriya terma jamoasi bosh murabbiyi uni tarkibga kiritishga qaror qilgan. Juhászh MTK Budapest bilan 2002—2003-yilgi mavsumda Vengriya ligasi chempioniga aylandi. Vengriya ligasining 2004—2005-yilgi mavsumi oxirida Belgiyaning RSC Anderlecht klubi bilan shartnoma imzoladi.

Anderlecht



Juhászh 2005-yilning 29-avgustida Anderlecht bilan shartnoma imzolagan. Klub safida Chempionlar ligasida Chelseaga qarshi debyut qildi. 2005-yil 19-sentabrda oyog‘ini sindirib oldi.

Juhászh klub bilan 2005—2006-, 2006—2007-, 2009—2010- va 2011—2012-yilgi mavsumlarda toʻrt marta Belgiya Pro-ligasi chempioniga aylandi. 2009-yilda Vengriya futbol federatsiyasi tomonidan Belgiya birinchi divizionining eng yaxshi himoyachisi va 2009-yilgi yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Videoton (ijaraga)



2013-yilning 19-fevralida Vengriya ligasining Videoton FC klubi bilan kelishuv „Anderlecht“ saytida eʼlon qilindi, lekin Vengriya klubi tomonidan 2013-yil 20-fevralgacha tasdiqlanmagan edi. Roland Juhász 2010—2011-yilgi mavsum chempioni safiga 2012—2013-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida oʻynadi.

Xalqaro faoliyati



Juhász debyutini 2004-yilning 25-aprelida Yaponiya bilan o‘rtoqlik o‘yinida oʻtkazdi va shu oʻyinda gol urdi. 7-sentabr kuni Vengriya terma jamoasi JCh-2014 saralash bosqichini Andorrada 5:0 hisobida g‘alaba qozonish bilan boshladi, Juhászh esa oʻyinning birinchi golini urdi. 2016-yilning 31-may kuni Juhász Fransiyada bo‘lib oʻtadigan Yevro-2016 turnirida Vengriya terma jamoasi tarkibiga kiritildi.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Yutuqlari



MTK Budapest

Anderlecht

Videoton

Individual

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz