Roksolanlar




Roksolanlar (lot. Roxolani) -koʻchmanchi chorvador sarmat qabilalari nomi; koʻchmanchi qabilalar markazi — Shim. Azov boʻyida joylashgan yirik harbiy-siyosiy itgifoqni tuzganlar. Mil. av. 2-asr oxirida R. skiflar bilan ittifokda Qrimda Pont sarkardasi Diofantga karshi urushganlar. Mil. av. 2—1-asrlarda skiflardan Don va Dnepr daryolari oraligʻidagi dashtni tortib olishgan. Mil. 1-asrda R. Dneprdan gʻarbdagi dashtni egallashgan. taxminan 70-yilda ular Myoziyaga chopkun uyushtirganlar. 2—3-asrlarda R. Dunay boʻyida Rim bilan urush olib borishgan, lekin aftidan ularning aksariyati gunnlar bosqiniga qadar (mil. 4-asr) Qora dengizning shim. dagi dashtlarda istiqomat qilganlar. Gunnlar sarmatlar ittifoqiga barham berib, R.ning bir qismini oʻzlariga qoʻshib, gʻarbga yurishni davom ettirganlar.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz