Rok Kronaveter




Rok Kronaveter (1986-yil 7-dekabrda tugʻilgan) — sloveniyalik futbolchi, Sloveniyaning PrvaLiga klubi NK Maribor jamoasida yarim himoyachi.

Klublardagi faoliyati



Kronaveter oʻz futbolchilik faoliyatini oʻn yoshida ona shahrining „NK Železničar Maribor“ klubida boshlagan. 2003-yilning 16-martida, 16 yoshida Sloveniya Ikkinchi ligasi doirasidagi NK Jadran Hrpelje-Kozinaga qarshi o‘yinda ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan. 2006-yilning yozida oliy divizion jamoasi Drava Ptujga qoʻshilib oʻzining birinchi professional shartnomasini imzoladi. 2010-yil yanvar oyida Rudar Velenje bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

2010-yil avgust oyida Kronaveter Energie Cottbus bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Biroq, uning shartnomasi 2012-yil iyun oyida bekor qilindi va koʻp oʻtmay Vengriyaning Győri ETO jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Győri bilan 2012—2013-yilgi milliy chempionlikni qoʻlga kiritdi. 2014-yil sentabrida o‘zaro kelishuvga ko‘ra Győri ETOni tark etdi. Deyarli olti oy klubsiz qolganidan keyin 2015-yilning mart oyida Ruminiyaning FC Petrolul Ploiești jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

2015-yil iyun oyida Kronaveter Sloveniyaga qaytib keldi va NK Olimpija Ljubljana klubi bilan shartnoma imzoladi. „Olimpija“ bilan ikkita liga chempionligini qoʻlga kiritdi (2015—16 va 2017—18). 2015—2016-yilgi mavsumda 17 ta gol bilan liganing eng yaxshi toʻpurari ham boʻlgan. 2019-yil iyun oyida Kronaveter „Olimpija“ning azaliy raqibi „Maribor“ bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Mariborda 2019—2020-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi birinchi saralash bosqichida Valurga qarshi oʻyinda gol urdi.

Xalqaro faoliyati



2005—2007-yillarda Kronaveter Sloveniyaning 20 va 21 yoshgacha boʻlgan jamoalarida oʻynagan va sakkizta oʻyinda bittadan gol urgan. 2016-yilning 30-mayida Shvetsiyaga qarshi o‘yinda (0:0) kattalar jamoasida debyut qilgan.

Kronaveter 2016-yil 8-oktabr kuni Slovakiya qarshi oʻyinda ham oʻzining debyut goli, ham jamoasining oʻyindagi yagona golini kiritdi (1:0).

Shaxsiy hayoti



Rok Kronaveter Sloveniya (oʻsha paytda Yugoslaviyaning bir qismi) Maribor shahrida tugʻilgan. Otasi futbolchi, onasi esa gandbolchi edi. Akasi David ham sobiq futbolchi. Kronaveterning kumiri braziliyalik hujumchi Ronaldo edi.

2012-yilda Kronaveter koʻp yillardan beri ishqiy munosabatda boʻlgan sevgilisi Sandraga uylandi. Ularning ikki farzandi bor, qizi Adriana (2011-yilda tugʻilgan) va oʻgʻli Lukas (2013-yil tugʻilgan).

Faoliyat statistikasi



Klub



9-noyabr, 2022-yil holatiga koʻra[20][21]

Xalqaro



14-noyabr, 2016-yil holatiga koʻra[24]

Ballar va natijalar roʻyxati birinchi boʻlib Sloveniyaning gollari soni, ballar ustuni Kronavterning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi[24].

Yutuqlari



Klub



Győri ETO

Olimpiya Lyublyana

Maribor

Individual




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz