Roja Bhoj aeroporti
Raja Bhoj aeroporti (IATA:
BHO , ICAO:
VABP ) – Hindistonning Madhya Pradesh shtatining markazi Bhopal shahrida faoliyat koʻrsatuvchi mahalliy aeroport. X asrdagi Paramara qiroli Raja Bhoj sharafiga nomlangan, u Madhya Pradeshdagi yoʻlovchilar soni boʻyicha ikkinchi eng gavjum aeroportdir va hududi boʻyicha shtatning eng yirik aeroporti.
Aeroport Gandhi Nagarda joylashgan. Aeroport Bhopal Junction temir yoʻl stantsiyasidan 15 km va shahar janubidagi Habibganj temir yoʻl stantsiyasidan 20 km uzoqlikda joylashgan. Aeroport, shuningdek, Bhopalni Indor bilan bogʻlaydigan 46-sonli milliy avtomagistrali va 18-shtat magistralining kesishmasi yaqinida joylashgan. Aeroport oʻzining qulay joylashuvi tufayli texnik xizmat, taʼmirlash va kapital taʼmirlash (MRO) obyektlariga ega.
Aeroport majmuasi
Uchish-qoʻnish yoʻlagi
2010 yilda uchish-qoʻnish yoʻlagi uzunligi 2,744 metr (9,003 ft) gacha oshirildi. Bu Bhopalga yirik samolyotlarning qoʻnishiga imkon beradi. Bhopaldan birinchi toʻgʻridan toʻgʻri xalqaro reys Jidda shahariga amalga oshirilgan.
Yuk tashish va logistika markazi
Aeroport yaqinidagi 17 gektar yer maydonida yangi Air Cargo Hub qurish rejalashtirilmoqda. Hozirda eski terminal binosi markaziy aeroportdan yuk tashish uchun markaz sifatida qayta qurilmoqda. Vaqtinchalik Air Cargo majmuasi 2019-yil oktabrida ochildi.
Texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va kapital taʼmirlash (MRO) obyektlari
Bhopal aeroporti Hindistonda texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va kapital taʼmirlash (MRO) obyektlarini oʻrnatish uchun qurilgan sakkizta maydondan biridir. Aeroportning markazda joylashganligi mamlakat uchun iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlaydi.
Immigratsiya posti va xalqaro reyslar
Sentyabr oyida DGCA tashkiloti Raja Bhoj aeroportiga xalqaro maqom berish jarayonini boshladi. 2019-yil noyabr oyida Hindiston Ichki ishlar vazirligi va Fuqarolik aviatsiyasi vazirligi aʼzolaridan iborat komissiya immigratsiya markazlarini ochish masalasida aeroportga tashrif buyurdi. Shuningdek, aeroport immigratsiya nazorat postiga aylandi . Bu esa xalqaro reyslarni amalga oshirish uchun majburiy talablardan biri hisoblanadi.
Terminallar
2011-yil 28-iyunda Fuqaro aviatsiyasi vaziri Vayalar Ravi tomonidan qiymati 1.35 milliard rupiy boʻlgan terminal ochildi. Shtat hukumati xalqaro terminal qurish uchun 400 gektar yer maydoni ajratdi.
Terminal binosi 26,936 m² maydonda qurilgan. Terminalda 14 ta roʻyxatdan oʻtish, joʻnab ketish uchun 4 ta immigratsiya posti va kelish uchun 6 ta immigratsiya posti mavjud.
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
Manbalar
uz.wikipedia.org