Rohiba II




The Nun II — 2023-yilda rejissyor Maykl Cheyvs tomonidan suratga olingan Amerikaning gotik gʻayritabiiy qoʻrqinchli janridagi filmi boʻlib, ssenariy Kuper hikoyasi asosida Ian Goldberg, Richard Neing va Akela Kuper tomonidan yozilgan. Ushbu film Rohiba (The Nun, 2018) filmining davomi va Universe franshizasining toʻqqizinchi qismi sifatida chiqarilgan. Filmning birinchi qismida ishtirok etgan Taissa Farmiga, Jonas Bloquet va Bonni Aarons’lar rol ijro etishgan. Storm Reid va Anna Popplewell esa aktyorlar tarkibiga yangitdan qoʻshilishgan. Piter Safran va Jeyms Van birinchi filmdagidek prodyuserlar sifatida ishlashgan.

Mazmuni



Taraskonda Iren Jakesning orqasidan xiyobonga boradi, lekin oʻsha joyda u jin rohiba boʻlmish Valak tomonidan boʻgʻiladi. Ertasi kuni ertalab Debra Irenga u Jakes bilan uchrashganini va u otasi Noyretning tasbehini berganini aytadi. Bu paytda maktab-internatida Sofining sinfdoshlari uni tahqirlashadi va maktabning kirish mumkin boʻlmagan qismi tashlandiq ibodatxonaga qamab qoʻyishadi. Unga echki tasvirlangan derazadagi mozaykaga qaraydi, agar u uzoqqa qarasa, shayton uni taʼqib qilganday tuyuladi. Quyosh nurlari tufayli echkining koʻzlari qizarib koʻrinib turadi.

Iren va Debra Palais des Papesga yoʻl olishadi va kutubxonachi bilan uchrashishadi, kutubxonachi ularga oʻsha jin rohiba Xudo yuz oʻgirgan farishta ekanligini va tasbehdagi belgi Lyusining oilaviy kresti ekanligini aytadi. Lyusining oilasi uni koʻzlarini oʻgʻirlashadi va boshqa kimsalarga berib yuborishadi. Kutubxonachining fikricha, ruhoniy jin Lyusining avlodlarini oʻldirish niyatida, chunki u qadimiy yodgorlikni oxirgi marta monastirda saqlanayotganini bilib qoladi, monastirning oʻrnida esa hozir maktab-internat tashkil etilgan boʻladi.

Rollarda




Chiqarilgan vaqti



"The Nun II" filmi 2023-yil 8-sentabrda AQShda Warner Bros. va New Line Cinema kinoteatrlarida taqdim etilgan.

Manbalar




Tashqi havolalar




Andoza:The Conjuring

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz