Rohat mahallasi
Rohat mahallasi — Bektemir tumanidagi „Suvsoz“ daxasida joylashgan. „Mirishkor“, „Zilola“, „Majnuntol“ mahallalari bilan chegaradosh..
Tarixi
Mahalla nomi „Rohat“ koʻli nomidan olingan. Mahalla 1991 yilda tashkil topgan.
Aholisi
Aholisi 2232 kishi (954 xonadon)dan iborat. Aholisining milliy tarkibi, asosan, o'zbeklar, shuningdek 14 millat vakillari (ruslar, tatarlar, tojiklar, koreyslar va boshqalar) yashaydi.
Binolar
Mahallada oshxona, oziq-ovqat doʻkoni, sartaroshxona, novvoyxona, maktab, bogʻcha, musiqa maktabi mavjud.
Manbalar
uz.wikipedia.org