Roger Gunn
Roger Gunn (Rojer Gann) — (haqiqiy ismi — Sarvar Pulatov, 1990-yil 20-iyunda tugʻilgan, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek musiqachisi, didjey, musiqa produseri va professional tennischi.
Shuningdek, Flextra sahnadagi ismi ostida sahnaga chiqadi.
Hayoti
Sarvar Poʻlatov professional ravishda katta tennis bilan shugʻullanib, 2011-yilgacha xalqaro turnirlarda ishtirok etgan.
Toshkent shahridagi, Menejmentni rivojlantirish Singapur institutining, biznes va marketing fakultetini bitirgan.
Rus va ingliz tillarida muloqot qila oladi.
Roger Gann sahnadagi ismi ostida chiqarilgan mualliflik treklarni Benny Benassi, Don Diablo, Afrojack kabi va koʻplab boshqa didjeylar oʻz chiqishlarida oʻynaydi.
Roger Gunn Revealed Recordings (Hardwell asoschisi), Enormous Tunes va The Boat House leybllardagi treklarni chiqaradi.
2021-yilning arafasida birinchi bulib Toshkent teleminorasida „Yukori balandlik“ deb atalgan didjeylik setini ijro etdi.
„Milliy TV“ nodavlat musiqaviy-koʻngilochar kanalida musiqa produseri va redaktor boʻlib ishlaydi.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati qoshidagi Mediamarkaz mediaresurslarni monitoring qilish va yanada yaxshilash guruhining yetakchi mutaxassisi boʻlib ishlagan.
Diskografiyasi
Singllar
Remikslar / Butleglar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org