Roger Ebert
Roger Joseph Ebert (talaffuzi: Rojer Jozef Ibert; 18-iyun, 1942 — 4-aprel, 2013) amerikalik muxbir, kinotanqidchi va ssenarist boʻlgan. U 1967-yildan umrining oxirigacha Chicago Sun-Times gazetasida ishlab kelgan. 1975-yili u Pulitzer mukofotini olib, bunday unvonga erishgan ilk kinotanqidchi boʻldi. 2010-yilga kelib uning maqolalari AQSh va dunyodagi 200 dan ortiq gazetalarda chop etilardi. Ebert shuningdek 20 dan oshiq kitob yozgan.
2006-yili qalqonsimon bez saratoni tufayli jarrohlik amaliyotidan soʻng Ebert gung boʻlib qoldi, shunga qaramay ishini davom ettirdi. Ebert 2013-yil 4-aprelida saraton bilan 11-yillik olishuvidan keyin vafot etdi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org