Rodolfo Cota
Rodolfo Cota Robles (1987-yil 3-iyulda tugʻilgan) - meksikalik professional futbolchi, Liga MX chempionatidagi Leon klubida va Meksika terma jamoasida darvozabon sifatida faoliyat yuritadi.
Klubdagi karyerasi
Pachuca klubi
Cota 2007-yilning 21-sentabrida "Pachuca"da "Veracruz" ga qarshi oʻyinda ilk professional debyutini amalga oshirgan.
Puebla klubi
2014-yilda Cota Puebla klubida ijara shartnomasi asosida oʻynashini e'lon qiladi. U ushbu klubda "Tijuana"ga qarshi oʻyinda debyut qildi va 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. 2015-yil aprel oyida u Gvadalaxarani magʻlub etib Copa MX chempionligini qoʻlga kiritdi.
Gvadalaxara klubi
2015-yil 11-iyunda Gvadalaxara klubi darvozabon Luis Ernesto Mishelni Dorados de Sinaloa klubiga sotib yuborganidan soʻng, Xose Antonio Rodriges bilan raqobat yaratish uchun Cotani ijaraga olganini e'lon qildi. Cota Copa MXdagi oʻyinlaridan soʻng tezda birinchi tanlov darvozaboni sifatida namoyon boʻldi, U Copa MX finalida Monarkas Moreliani magʻlub etib chempion boʻldi va klubning Tigres UANLga qarshi oʻn ikkinchi Liga MX chempionligida asosiy figuraga aylandi. U oʻsha mavsum turnirining eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi va muvaffaqiyatli oʻtkazgan mavsumi uchun "Oltin qoʻlqop" sovrinini qoʻlga kiritdi.
Keyingi mavsumda u yana iste'dodli darvozabon ekanligini isbotladi, chunki Gvadalaxara 2018-yilgi CONCACAF Chempionlar ligasida Oliy Liga futbol klubi boʻlgan Toronto FCga qarshioʻyinda gʻalaba qozondi, soʻng esa u yana bir bor turnirning Oltin qoʻlqopiga sazovor boʻldi va eng yaxshi 11 futbolchi roʻyxatiga kiritildi.
Leon klubi
2018-yil 16-mayda Cota Pachukaning ukasi Leoning klubiga ijaraga berildi.
Cota 2020-yil 22-fevral kuni Nekaxa klubiga qarshi oʻyinda Meksikada ayollar oʻlimiga qarshi norozilik bildirish uchun ularni ramzi tushirilgan forma kiygan edi. Shuningdek koʻylakda Meksika xaritasi koʻrinishida qonga belanib yotgan ayol qiyofasi bor edi. Ushbu hatti harakati uchun Cota uchta oʻyinga diskvalifikatsiya qilinishi va 300 000 MXN (15 000 AQSh dollari) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin edi.
Xalqaro karyera
Yoshlar futboli
Cota 2007-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Kattalar futboli
2016-yil sentabrida Cota bosh murabbiy Xuan Karlos Osorio qoʻl ostida oktabr oyida Yangi Zelandiya va Panamaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga birinchi marta terma jamoaga chaqiruv oldi.
Cota 2017-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan FIFA Konfederatsiyalar kubogining dastlabki roʻyxatiga Xose de Xesus Koronaning oʻrniga jarohat olgani uchun kiritilgan edi. Darvozabon 2017-yilning 1-iyunida Nyu-Jersidagi MetLife stadionida Irlandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi va oʻyin 3:1 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlandi.
Cota keyinchalik Meksikaning keyingi turniri uchun yakuniy roʻyxatiga kiritildi. 2022-yil oktyabr oyida Cota Meksikaning 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun dastlabki 31 kishilik tarkibiga kiritildi va noyabr oyida u yakuniy 26 kishilik roʻyxatga ham kiritildi.
Karyera statistikasi
Xalqaro musobaqalarda ishtiroki
Yutuqlar:
Puebla klubi bilan Gvadalaxara klubi bilan Leon klubi bilan Individual sovrinlar: Manbalar:
uz.wikipedia.org