Rodney Heath




Rodney Wilfred Heath (1884-yil 15-iyun — 1936-yil 26-oktabr) avstraliyalik tennischi edi.

Shaxsiy hayoti



Heath F.W. Heathning ikkinchi oʻgʻli edi, u Viktoriya poyga klubi va Viktoriya havaskor tennis klubida a`zosi edi. Rodneyning akasi C.V. Heath 1902-yilda Janubiy Avstraliyaning erkaklar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida gʻolib chiqdi. 1915-yil iyun oyida Rodney Wilfred Heath Avstraliyani tark etib, Angliyadagi Qirollik uchuvchi korpusiga qoʻshildi. Ikki yildan soʻng mayor unvoniga koʻtarildi. 1916-yilda Heath Angliyadan Fransiyaga ketayotganda qor boʻroniga tufayli jarohat oldi.

Tennis faoliyati



Rodney Wilfred Heath 1905-yilda ilk Avstraliya chempionatida Albert Curtisni toʻrt setda magʻlub etib, erkaklar oʻrtasidagi yakkalik bahslar chempioni boʻlgan. U besh yil oʻtib, 1910-yilda, finalda Horace Ricega qarshi uchta setda yana gʻalaba qozondi.

1911-yilda u Yangi Zelandiyada Devis kubogi musobaqasida AQShga qarshi oʻynadi va toʻrt setda William Larnedni magʻlub etdi.

1919-yilda u Rendolf Lisett bilan Wimbledon erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslar turnirida finalga chiqdi.

Oʻlimi



1936-yil 26-oktabrda, 53 yoshga toʻlishidan 9 oy oldin, Rodney Wilfred Heath Avstraliyaning Melburn shahridagi singlisining uyining yotoqxonasida oʻlik holda topildi. Aytishlaricha, Rodney Wilfred Heath oshqozonidagi melanomadan vafot etgan.

Grand Slam final



Yakka Bahs




Juftlik bahs: 5 (3 ta chempionlik, 2 ta ikkinchi oʻrin)




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz