Rodion Tolmachyov




Rodion Valentinovich Tolmachyov (1978-yil 30-iyul, Andijon,Oʻzbekiston SSR) — rossiyalik fagotchi, Mariinsk teatri simfonik orkestri yakkaxoni (solisti). Xalqaro va butunrus tanlovlari sovrindori.

Tarjimayi holi



Rodion Tolmachyov 1978-yil 30-iyul kuni Andijon viloyati, Andijon shahrida tavallud topgan. 6 yoshidan boshlab musiqa bilan shugʻullana boshlaydi. 1993—1996-yillarda Andijon musiqa bilim yurtida fortepiano va fagot yoʻnalishida tahsil ogan. 1996—1997-yillarda Toshkent shahridagi Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida fagot yoʻnalishida oʻqishini davom ettirgan. 1998-yilda Sankt-Peterburgga koʻchib oʻtganidan soʻng, Nikolay Andreyevich Rimskiy-Korsakov nomidagi Sankt-Peterburg davlat konservatoriyasida professor Kirill Sokolov qoʻl ostida musiqadagi oʻqishin davom ettiradi. 2003-yilda ushbu konservatoriyani tugatadi.

2004—2006-yillari Hochschule für Musik, Theater und Medien Hannover (tarjimasi „Gannover musiqa, teatr va media oliy maktabi“) da professor Dag Jensen (talaffuzi: Dag Yensen) qoʻl ostida stajirovka oʻtaydi. 2008—2011-yillarda Sankt-Peterburg davlat konservatoriyasi assistent stajirovkasini oʻtagan.

2003-yildan Mariinsk teatri simfonik orkestri solisti, shunigdek, Mariinsk teatrining duxovoy kvinteti ishtirokchisi hamda 2020-yildan Sankt-Peterburg davlat konservatoriyasida oʻqituvchi boʻlib faoliyat koʻrsatadi.

2010-yilda Valeriy Gergiyev dirijyorligidagi „World Orchestra of Peace“ (tarjimasi „Xalqaro tinchlik orkestri“) aʼzoligiga taklif qilingan. Rodion Tolmachevning yakkaxon repertuarlari barokko konsertlari, XX asrning virtuoz kompozitsiyalarini oʻz ichiga oladi.

2014-yilda Buyuk Britaniyaga qilgan gastrol safarida Londondagi „Barbican Hall“ (talaffuzi: Barbikan zali) da chiqish qilgan. 2012-yilda Germaniyaning „Dobringen und Grimm“ ovoz yozish firmasi Tolmachyovning fransuz kompozitorlarining musiqiy asarlarini fagotda ijro etgan musiqiy diskini chiqaradi.

2017-yildan beri Tolmachyov Rossiya milliy yoshlar simfonik orkestri va „The Orchestra of the Americas“ bilan hamkorlik qilib, murabbiy sifatida mahorat darslari oʻtib kelmoqda.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz