Roʻdakiy tumani





Roʻdakiy tumani (tojikcha: ноҳияи Рӯдакӣ) — Tojikistonning maʼmuriy-hududiy birligi, respublikaga boʻysunuvchi tuman.

Tarixi



Sovet davrigacha boʻlgan tarixi



Qadim zamonlardan beri hozirgi Roʻdakiy tumani joylashgan hududda asosiy mashgʻuloti chorvachilik va dehqonchilik boʻlgan odamlar yashagan. Turli davrlarda mahalliy yer va uning aholisi So‘g‘d, Baqtriya, Sosoniylar davlati, Kushon podsholigi, Somoniylar davlati (IX-X asrlar), G‘aznaviylar sultonligi (X-XII asrlar), Mo‘g‘ullar davlati,Temuriylar imperiyasi, Shayboniylar, Ashtarxoniylar boshqaruvidagi Buxoro xonligi hamda Buxoro amirligi (XVIII-XX asr boshlari) tarkibida boʻlgan.

Tuman hududida IX-XII asrlarga oid quyidagi tarixiy-arxeologik joylar aniqlangan: Chorgultepa va Tojxon, jumladan Chorgultepa, Oli Somon, Obi Shifo, Koʻktosh, Qariyai Qamar va Bachamazor qishloqlari; Guliston — Mavlaviy, Sabzikor, Tezgar, Falakon qishloqlari bilan; Rohatiy — Machiton, Nilkon, Teppayi Samarqandi, Simiganj qishloqlari bilan; Chorteppa — Kampir-qalʼa, Shaynak, Mortepa, Chortepa qishloqlari bilan; Esanboy — Namozgoh, Bibihuram, Xoʻja Tutbuloq, shuningdek, Qalʻa-Kofarnixon.

Sovet davri tarixi



1920-1921 yillarda Oʻrta Osiyoda roʻy bergan inqilobiy voqealar natijasida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzildi. BXSR tarkibida Hisor bekligi yerlari ham kirgan.

Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish oʻtkazilishi natijasida 1924-yilda Oʻzbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR tashkil etildi.

1927-yil 17-sentyabrda maʼmuriy-hududiy chegaralanishdan keyin Tojikiston ASSRning Hisor viloyati tarkibida Laqay-Tojik tumani tashkil etildi. Yosh respublika maʼmuriy birligining bu dastlabki nomi hududda yashovchi mahalliy xalqlar - laqaylar va tojiklar sharafiga shunday nomlangan.

1933-yil 7-martda Tojikiston SSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasining 1932-yil 29-avgustdagi Farmonini bajarish maqsadida Laqay-Tojik tumani nomi bekor qilindi, yangi nom sifatida tuman markazining geografik nomi — Koʻktosh toponimi qoʻllanildi. Tuman esa Tojikiston SSR Stalinobod viloyatining Koʻktosh tumani nomini oldi.

1955-yil 14-sentyabrda Ko‘ktosh tumani tugatilib, uning hududi qo‘shni Stalinobod tumaniga o‘tkazildi. 1956-yil 20-iyunda Stalinobod tumani markazi Yana-Chirchiq shaharchasidan Koʻktosh qishlogʻiga koʻchirildi (1956-yil 1-oktyabrda shaharcha nomi Sardorov Qoraxon shaharchasi deb oʻzgartirildi).

Tojikiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1960-yil 1-noyabrdagi farmoni bilan Stalinobod tumani Stalinobod shahar mehnatkashlari deputatlari kengashining maʼmuriy-xoʻjalik boʻysunishiga oʻtkazildi va Stalinobod shahrining (1961 yildan - Dushanbe shahri) Lenin tumani deb nomlandi.

1961-yil 4-mayda Lenin tumani Stalinobod shahar kengashining maʼmuriy boʻysunuvidan chiqarilib, toʻgʻridan-toʻgʻri respublika organlariga boʻysunishiga oʻtkazildi.

1963-yil 4-yanvarda maʼmuriy markazi Sardorov shaharchasi boʻlgan Lenin qishloq okrugi respublika boʻysunishiga oʻtkazildi va u oʻtgan oʻn yilliklar davomida saqlanib qoldi.

1965-yil 5-yanvarda Lenin tumanida Lohur, Sultonobod, Tojikiston SSRning 40 yilligi, Qoʻshtepa va Ispechak qishloq kengashlari tuzildi.

Yangi tarixi



1991-yil 9-sentyabrda Tojikiston mustaqillikka erishgach, Lenin tumani Tojikiston Respublikasi tarkibidagi respublikaga boʻysunuvchi tuman maqomini saqlab qoldi.

2003-yil 21-noyabr sanasidagi Tojikiston Oliy Majlisining 462-sonli Farmoni bilan Lenin tumani nomi buyuk fors shoiri Abu Abdulloh Rudakiy sharafiga Roʻdakiy tumani deb oʻzgartirildi.

2020-yilda tumanning 76,6 km² hududi poytaxt Dushanbega oʻtkazildi.

Geografiyasi



Roʻdakiy tumani Tojikistonning Hisor vodiysida joylashgan. Shimol va shimoli-sharqda Tojikistonning Varzob, Hisor, Shahrinav, Vahdat tumanlari, gʻarbda Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyati, janub va sharqida Tojikistonning Xatlon viloyatining Qubodiyon, Doʻstiy, Xuroson va Yovon tumanlari bilan chegaradosh.

Roʻdakiy tumanining maʼmuriy markazi — Somoniyon shaharchasi, Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridan (temir yoʻl vokzalidan) 17 km janubda, Rangontogʻ togʻ tizmasining shimoliy etagida, Hisor vodiysidan oqib oʻtuvchi Amudaryoning irmogʻi sanaladigan Kofirnihon daryosidan 3 km uzoqlikda, oʻng tomonda joylashgan.

Aholisi



Tuman aholisi 2017-yil 1-yanvar holatiga koʻra 472 219 kishini tashkil etadi, shu jumladan shahar, uchta shaharcha — Somoniyon (22,6 ming), Mirzo Tursunzoda (18,8 ming), Navobod (9,5 ming) — jami 51 928 kishini tashkil etadi, bu umumiy aholi sonining 11% degani.

Roʻdakiy tumani aholisi 2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 602 740 kishi (95 872 xonadon) bo‘lishi kerak edi. Biroq, 218 260 nafar aholi (35 767 xonadon) istiqomat qiladigan tumanning 76 59 gektar yer maydoni Dushanbe shahriga oʻtkazildi.

Maʼmuriy-hududiy boʻlinishi



Roʻdakiy tumani tarkibiga 3 ta shaharcha – Somoniyon, Navobod va Mirzo Tursunzoda, shuningdek, 13 ta qishloq fuqarolar yigʻinlari (tojikcha: ҷамоатjamoat ) bor:

Boshqaruvi



Tuman maʼmuriyati – hokimyati rahbari Tojikiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan rais hisoblanadi. Tumanning qonun chiqaruvchi organi — Xalq deputatlari majlisi boʻlib, 5 yil muddatga xalq tomonidan saylanadi.

Sanoat va qishloq xoʻjaligi



Hozirda tuman hududida 122 sanoat korxonasi, 56 qurilish tashkiloti, 3 transport, 2 togʻ-kon, 10 kommunal va maishiy korxona, 8 bozor, 3 savdo majmuasi faoliyat koʻrsatmoqda.

Tuman aholisi bevosita qishloq xoʻjaligiga aloqador tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadi. 2017-yil yanvar oyidagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, tumanda 4 ming 650 dan ortiq fermer va dehqon xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda.

Tumanning taniqli shaxslari




Yodgorliklari




Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz