Rocksteady Studios
Rocksteady Studios - Warner Bros. bilan bog'langan ya'ni hamkor Britaniya video o'yinlar ishlab chiqaruvchi kompaniya. Interaktiv Entertainment, o'z navbatida Time Warnerga tegishli. Rocksteady Studios Londonda joylashgan va 2004-yilda tashkil etilgan.
Tarixi
Rocksteady Studios 2004-yilda Sefton Hill va Jeymi Uoker tomonidan tashkil etilgan. Xodimlarning bir qismi Argonaut Games yopiq kompaniyasidan kelgan.
2010-yil fevral oyida studiya Time Warner tomonidan sotib olindi. Square Enix Europe Rocksteady Studios ning 25,1% ulushini saqlab qolishda davom etishini tasdiqladi.
2009-yilda Spike Video Game Awards taqdimotida Rocksteady Studios "Yilning eng yaxshi studiyasi" nominatsiyasida g'olib chiqdi .
2016-yildan keyin studiya Xbox Series X, PlayStation 5, PC uchun e'lon qilinmagan AAA loyihasi (Katta byudjetli loyiha) ustida ishladi va har qanday ma'lumot berishdan o'zini tiydi . Sefton Hill E3 (Electronic Entertainment Expo - har yili o'tkazib kelinadigan dunyodagi eng katta video o'yinlar ko'rgazma shousi) ga kelmagani uchun uzr so'radi, shuningdek , The Game Awards (Dunyodagi eng katta video o'yinlar sanoatidagi yutuqlarni nishonlaydigan yillik taqdirlash marosimi) 2018 uchun e'lonlarni kutmasligimiz kerakligini yozdi. Rocksteady E3 2019 ni o'tkazib yubordi.
2020-yil 7-avgust kuni uzoq sukutdan so‘ng “Suicide Squad” franshizasi asosidagi yangi o‘yin tizeri e’lon qilindi. Rasmiy treyler 22-avgustda namoyish etiladi, “Oʻz joniga qasd qilish guruhi: Adolat ligasini oʻldirish” o'yini (Suicide Squad: Kill the Justice Leauge) 2022-yilda chiqarilishi rejalashtirilgan. O'yin voqealri Metropolisda bo'lib o'tadi va Batman: Arkham o'yin olamining bir qismidir. Biroq, ijodkorlar o'yin 2023-yilga ko'chirilishini e'lon qilishdi .
Ta'sischilar Jeymi Uoker va Sefton Hill 2022-yilda kompaniyani tark etishadi va ularning o'rniga Natan Berlou va Darius Sadegian keladi .
Ishlab chiqarilgan o'yinlar ro'yxati
uz.wikipedia.org