Rochharzela
Rochharzela (talaffuzi: Rocharzela) (1998-yil 15-aprelda tugʻilgan) — hind professional futbolchisi, hozirda Hindiston Superligasining “NorthEast United” klubida va Hindiston terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klub faoliyati
Aizawl FC
Hindistonning Mizoram shahrida tug'ilgan Rochharzela 2017-18-yilgi mavsumda I-League klubi Aizawl FCning kattalar safida debyut qildi.
2019-20-yilgi mavsumda Rochharzela Aizawl futbol klubining eng yaxshi to'purari bo'ldi va mavsum davomida hindistonlik bo`lib gol urgan eng yaxshi gol muallifi bo'ldi. Rochharzela Aizawl jamoasi safida Meyson Robertson va Callum Higginbotem jamoalariga qarshi o`yinlarda gol urganib jamoasiga diviziyada o`rinini mustahkamlab olishga yordam berdi. U, shuningdek, 2:0 hisobida oldinda bo'lgan "Real Kashmir"ga qarshi o'yinda jamoasiga durang qayd etishga yordam berdi. Rochharzelaning goli jamoaga o'yinni yakuniy 2:2 hisobida yakunlashiga yordam berdi.
Rochharzela, shuningdek, Mizoram Premer-ligasida klub uchun ham o'ynaydi va 2017-18 mavsumida Mizoram premer-ligasida "yilning eng yaxshi yosh o'yinchisi" deb topildi.
NorthEast United
2020-yilda Rochharzela Hindiston Superligasining "North East United" klubiga uch yillik shartnoma asosida qo'shildi. Rochharzela Hindiston Superligasining 2020/21-yilgi mavsumida 12 ta o'yinda 1 ta gol urdi.
Rochharzela Hindiston Superligasining 2021-22-yilgi mavsumidagi birinchi o'yinini 2021-yil 20-noyabrda, 2:4 hisobida mag'lubiyat bilan yakunlangan o'yinning 66-daqiqasida VP Suhair o'rniga o'ynadi. Rochharzela 4-dekabr kuni "North East United" uchun "Goa"ga qarshi o'yinda (2:1) gol urdi.
Faoliyat statistikasi
Klub
2022-yil 22-fevral holati[8]
Manbalar
uz.wikipedia.org