Rocaille (Fabergé tuxumi)
Rocaille tuxumi rus zargari Peter Carl Fabergé ustaxonasida 1902-yilda tayyorlangan Fabergé tuxumlaridan biri hisoblanadi.
Rocaille tuxumi boy rus sanoatchisi Alexander Kelch uchun tayyorlangan.
Rocaille tuxumi rus boy sanoatchisi Alexander Kelch oʻzining xotini Barbara Kelch-Bazanovaga Pasxa sovgʻasi sifatida tortiq qilgan.
Rocaille tuxumi rus podshosining qirolichasiga sovgʻasi boʻlmagani uchun u „imperial“ Fabergé tuxumi hisoblanmaydi, aksincha, yettita „Kelch“ tuxumidan biri deb ataladi.
Rocaille tuxumi Kelch tuxumlari seriyadagi beshinchi tuxum hisoblanadi.
Oʻziga xos xususiyati
Fabergé tomonidan ishlab chiqarilgan har bir Pasxa tuxumi singari, bu tuxumda ham „sovgʻa“ mavjud.
Rocaille tuxumining ichidagi sovgʻasi oltin tripod hisoblanadi. Oltin tripodning bir tomonida olmosdan yasalgan „BK“ (Barbara Kelch) bosh harflari va boshqa tomonida olmosdan yasalgan „1902“ sanasi mavjud. 1902 sanasi qizil rangli yurakcha shaklidagi oʻyilgan yuzaga oʻrnatilgan. 1902 sanasining yuqori qismida uchta tasvir uchun boʻsh joy mavjud (ehtimol, kichik rasmlar uchundir). Oʻrganilgan maʼlumotlardan maʼlum boʻlishicha dastlab uchta ramkadagi miniatyuralar mavjud boʻlmagan (ehtimol, keyinchalik qoʻshilgan).
Tarixi
Rocaille tuxumi Alexander Kelch tomonidan 1920-yilda sotib yuborilgan.
Rocaille tuxumi oʻsha yili fransuz zargari Morgan tomonidan Parijdagi Rue de la Paix auksionida sotuvga qoʻyilganidan keyin janob Leon Ginberg tomonidan sotib olingan. Oʻshandan keyin sotuv boʻyicha belgilangan fransuz qoidalari tufayli
Rocaille tuxumi koʻzgazmaga qoʻyilmadi. 1940-yillarda
Rocaille tuxumi amerikalik A La Vieille Russie tomonidan sotib olingan. Shundan soʻng,
Rocaille tuxumini 1949—1958-yillarda amerikalik Jack va Belle Linskylar sotib olishgan. 1958-yilda
Rocaille tuxumini yana bir bor A La Vieille Russie sotib oldi. 1962-yildan 1997-yilgacha
Rocaille tuxumi Finlandiyadagi shaxsiy kolleksiyada saqlangan. Keyin 1997-yilda
Rocaille tuxumi dallaslik Proler ismli diler tomonidan oshkor etilmagan xususiy shaxsga sotilgan. 2012-yilda
Rocaille tuxumini Artie va Dorothy McFerrin oʻz kolleksiyasi uchun sotib oldilar. 2013-yilda
Rocaille tuxumi Texasning Houston shahrida Fabergé simpoziumining bir qismi sifatida namoyish etildi.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org