Robyn Ebbern




Robyn Ebbern (1944-yil 2-iyulda tugʻilgan) — avstraliyalik sobiq tennischi hisoblanib, 1960-yillarda tennis faoliyati bilan shugʻullana boshlagan. Ebbern Brisben shahrida tavallud topgan.

Tennis faoliyati



1962-1963



Ebbern va Margaret Smithlar bir necha juftlik bahslarda faol qatnashishgan va 1962—1963-yillarda Avstraliya juftlik bahslar chempionatida, 1963-yilda esa AQSh chempionatida juftlik bahslarida gʻolib boʻlgan. Oʻsha yili Fransiya chempionatida ular finalda Renee Schuurman va Ann Haydon-Jones bilan turnirlarda magʻlub boʻlishgan. 1962-yil yanvar oyida Ebbern Tasmaniya chempionatining finaliga yoʻllanma olib, unda u Margaret Smithga magʻlub boʻlgan.

1963-yil iyul oylarida esa u Gstaadda boʻlib oʻtgan Shveysariya chempionati yakkalik bahslarida chempion boʻlib, finalda Lesley Turnerni bir roundda magʻlub etdi. Ammo, juftlik bashlaridaTurner bilan bir jamoada boʻlib, Rene Schuurman va Norma Baylon ustidan gʻalaba qozonishgan.

1963-yil noyabr oyida u Smith bilan bir jamoada oʻynab,Turner va Jan Lehanega qarshi Janubiy Avstraliyaning juftlik chempionligini qoʻlga kiritgan.

1964



The Daily Telegraph va Daily Mail gazetalaridan Lance Tingayning yozishicha, Ebbern 1964-yil oxiri hisoblaroga koʻra dunyoda eng yaxshi tennischilar reytingida 9-oʻrinni egallagan.

1965



1965-yilgi Avstraliya chempionati aralash juftliklar bahslarida Ebbern va Owen Davidson chempionlikni Court va John Newcombe bilan boʻlishdi (durang natija bilan). Ushbu chempionat final bahslari oʻynalmadi.

1966



Ammo, 1966-yilda Ebbern va Bill Bouri finalda Judy Tegart va Tony Rochelarga magʻlub boʻlishdi.

Grand Slam turnirlari



Juftlik bahslari: 6 (3 ta chempionlik, 3 ta ikkinchi oʻrin)




Aralash juftlik bahslari: 2 (1 unvon, 1 ikkinchi oʻrin)




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz