Robiya Bobojonova




Robiya Bobojonova (ruscha : Робия Бабаджанова) - tibbiyot fanlar nomzodi, dotsent.

Hayoti



Robiya Bobojonova 1955-yilning 27-mayida Urganch shahrida tavallud topgan. 1978-yilda Toshkent tibbiyot institutining sanitariya-gigiyena fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati



Robiya Bobojonova 1978-yldan oʻz mexnat faoliyatini Urganch shahridagi sanepidemstansiyaning shifokorligidan boshlagan.

1979-198-yillarda pedagogika institutida fuqarolar mudofaasi va tibbiy tayyorgarlik kursi raxbari, Xorazm viloyati sanepidemstantsiya laboratoriyasining shifokori, Urganch shahri Sogʻliqni saqlash boʻlimining shifokor-inspektori, 1986—1991-yillarda Urganch shahri, Xorazm viloyati hokimiyatlarida mas’ul lavozimlarda ishladi.

1991-yildan esa Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida umumiy va tibbiy psixologiya kursining mudiri, marketing xizmati boʻlimining boshligʻi, umumiy gigiyena kafedrasi dotsenti, „Ichki nazorat va monitoring“ boʻlimi boshligʻi vazifalarida faoliyat koʻrsatadi.

2004-yildan Qashqadaryo viloyatidagi tibbiyot kollejida „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ning bajarilishini oʻrganish komissiyasi raisi, Urganch Davlat universitetida „Taʼlim haqida“, „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ qonunlarining amalda tadbiq etilishini tahlil etuvchi komissiya raisi vazifalarini ham bajargan.

Olima Xorazm viloyati „Olima ayollar“ nodavlat-notijorat tashkilotida „Salomatlik sektori“ boshligʻi, filialda ilmiy kengash, markaziy-uslubiy hay’atning davolash fakulteti kengashining, shuningdek, xotin-qizlar kengashining aʼzosidir.

Robiya Bobojonova hozirda Toshkent Tibbiyot akademiyasi Urganch filiali „Ichki nazorat va monitoring“ boʻlimi boshligʻidir.

Ilmiy faoliyati



Robiya Qurbonovna 2002-yilda gigiyena mutaxassisligi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlab, tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini oladi.

Bugungi kunga keli olima 17 ta ilmiy maqola, 3 ta uslubiy qoʻllanma muallifi. Olima 2005-yilda oʻzi rahbarlik qilayotgan boʻlim faoliyati bilan bogʻliq katta hajmdagi uslubiy qoʻllanma tayyorlab, oʻquv-tarbiya jarayoniga tatbiq etadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz