Robita




ROBITA („aloqa“, „rishta“) — Sharqdagi tasavvufga xos bo‘lgan istiloh. Murid bilan uning
piri (murshid) yoki avliyo (valiy) o‘rtasida paydo bo‘ladigan ruhiy aloqa. Muridning butun
fikri-zikrini murshid qiyofasiga jamlashi, u bilan muloqotga kirishi va o‘zligini unda
qo‘shilib ketishi bilan erishiladi. Naqshbandiylik va qodiriya tariqatlarining ayrim
risolalarida Robita zikrdan afzal sanalgan.

Adabiyotlar



ISLOM ENSIKLOPEDIYASI
© „Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi“
Davlat ilmiy nashriyoti, 2004

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz