Robin Gosens




Robin Everardus Gosens (1994-yil 5-iyulda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, A Seriyaning „Inter“ klubi va Germaniya terma jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Vitesse



Emmerich am Reyn shahrida tugʻilgan Gosens Fortuna Elteni mahalliy klublarida faoliyatini boshlagan. 2012-yil 4-iyulda Vitessening yoshlar tarkibiga qoʻshilgan. 2013-yilning 13-avgustida u klub bilan birinchi professional shartnomasini imzolaydi. Bungacha u Bundesliga giganti „Borussia Dortmund“ bilan sinov mashgʻulotlarida muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi.

FC Dordrecht (ijara)
2014-yilning 14-yanvarida Gosens mavsum oxirigacha Dordrext klubiga ijaraga berildi. U professional debyutini uch kundan soʻng SBV Excelsiorga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Gosens 7-fevral kuni oʻzining birinchi professional golini urdi.

2014-yilning 29-mayida Gosensning ijara muddati yana bir yilga uzaytirildi va u Erediviziyadagi debyutini 9-avgustda SC Heerenveenga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. U musobaqadagi ilk golini 20-sentabr kuni „Excelsior“ga qarshi safardagi oʻyinda kiritdi.

Heracles Almelo



2015-yil 4-iyun kuni Gosens Heracles Almeloga oʻtgani eʼlon qilindi.

Atalanta



2017-yilning 2-iyunida Gosens Italiyaning „Atalanta“ jamoasiga oʻtgani eʼlon qilindi. 2019-yil 18-sentabrda Gosens Chempionlar ligasidagi debyutini Zagrebning „Dinamo“ siga qarshi oʻtkazdi. 2019-yilning 11-dekabrida u Chempionlar ligasidagi ilk golini safarda Donetskning "Shaxtyor "iga qarshi oʻyinda (3:0) kiritdi. 2020-yil 25-noyabrda u Chempionlar ligasidagi ikkinchi golini Enfildda „Liverpool“ qarshi oʻyinda kiritdi.

Gosens oʻzini A Seriyaning eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri sifatida koʻrsatdi va hujumda ham, himoyada ham oʻzini namoyon qila oldi. 2019-2020 va 2020-2021 mavsumlarida u mos ravishda 10 ta va 12 ta gol urib, „Atalanta“ning mavsumdagi eng yaxshi toʻpurarlaridan biri boʻldi.

Inter Milan



2022-yilning 27-yanvarida Milanning „Inter“ klubi Gosensni mavsum oxirigacha ijaraga olganini, agar maʼlum shartlar bajarilsa, sotib olish majburiyatini olganini eʼlon qildi.

Xalqaro faoliyati



2020-yil 25-avgust kuni Gosens Germaniya milliy futbol jamoasi vakili sifatida birinchi chaqiruvini oldi. U 3-sentabr kuni Ispaniyaga qarshi UEFA Millatlar Ligasi 2020-2021 oʻyinida debyut qildi.

2021-yil 19-mayda u UEFA Yevro-2020 terma jamoasiga kiritildi. 2021-yil 19-iyunda u Yevro-2020 guruh bosqichida Portugaliya ustidan 4:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

Shaxsiy hayoti



Gosensning otasi Gollandiyalik, onasi esa Germaniyalik. Shuning uchun ham Gosensda Germaniya va Gollandiya pasportlari mavjud.

Faoliyatining statistikasi



Klub




Xalqaro




.

Yutuqlari



Inter Milan

Individual

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz