Robin Givens




Robin Simone Givens (1964-yil 27-noyabrda tugʻilgan)— amerikalik aktrisa, model va rejissor. U, shuningdek, Sarah Lawrence kollejining bitiruvchisidir.

Givens 1986-yilda ABC telekanali efirga uzatgan sitkom Head of the Classda Darlene Merriman rolini 5 yil davomida ijro etgan. Uning 1988-yilgi bokschi Mike Tyson bilan boʻlgan muammoli turmushi, shuningdek, ularning keskin ravishda ajralishlari ham ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini tortdi. Keyinchalik, Robin bir necha yil davomida AQSh Milliy xonadonlardagi zo'ravonlik bo'yicha ishonch telefonining matbuot kotibi sifatida xizmat qildi.

Yoshligi



Givens New York shahrida Ruth Roper (qizlik familyasi: Newby) va Reuben Givens oilasida tugʻilgan. U ikki yoshligida ota-onasi ajrashishgan. Onasi Givens va uning singlisi Stephanieni Vernon togʻida va New Yorkdagi New Rochelleda tarbiyalagan. Aktrisa katolik diniga eʼtiqod qiladi. U oʻsmirlik davrrida vaqti-vaqti bilan modellik bilan shugʻullanib turgan. Model sifatida Seventeen va Mademoiselle kabi jurnallarda paydo boʻlgan. Filmlardagi debyutini 14 yoshida The Wiz (1978) filmida Emma xolaning ziyofatida qatnashgan mehmon sifatida amalga oshirgan.

Faoliyati



2017-yilda aktrisa avvalgi bir necha yillardagi kabi San-Diegodagi qora filmlar festivaliga mezbonlik qildi. 2021-yilda Givens Batwoman teleserialining uchinchi mavsumida Jeturian Industries kompaniyasining bosh direktori Jada Jet (Jezebel Jet) — Ryan Wilderning biologik onasi rolini oʻynagan. 2022-yilda Givens He's Not Worth Dying For filmidaRachel Wade va Sarah Ludemanning adovati tasvirlangan „Ripped from the Headlines — Sarlavhalardan yirtilgan“ nomli qismda koʻrinish beradi. Aktrisa ushbu filmda Ludemann bilan bogʻliq rolni ijro etgan holda Grace Heinemannning onasi Cher Heinemann obrazni gavdalantirgan.

Shaxsiy hayoti



Givens bokschi Mike Tyson bilan 1987-yilda uchrasha boshlagan. Aktrisaning soʻzlariga koʻra, 1988-yil 7-fevralda ular turmush qurishlaridan oldin Tyson unga nisbatan jismoniy zoʻravonlik qilgan.

2004-yilning yanvar oyida Givens Florida shtatining Miami chorrahasida piyodani urib yuboradi. Aktrisa piyodalar oʻtish joyida piyodaga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlmagani uchun jarimaga tortildi, ammo keyinchalik ayblovlar bekor qilindi. 2004-yil iyun oyida esa jabrlangan tomon Givensga nisbatan nomaʼlum summani talab qilib, fuqarolik daʼvosi bilan sudga murojaat qilgan.
Forbes jurnalining 2009-yil 7-maydagi maqolasida aytilishicha, Ichki daromad xizmati Givensdan toʻlanmagan federal daromad soligʻi uchun jami 292 000 AQSh dollari (inflyatsiyani hisobga olgan holda 369,000 AQSh dollari) undirish maqsadida sudga daʼvo qilgan. Hukumat Florida shtatidagi federal suddan sakkiz yilni ichida boʻlib oʻtgan 39 ta ayblov boʻyicha unga qarshi hukm chiqarishni soʻragan.

Filmografiyasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz