Roberto Sensini
Roberto Néstor Sensini (talaffuzi: Roberto Nestor Sensini) (1966-yil 12-oktabrda tugʻilgan) — argentinalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Roberto Sensini Argentina milliy futbol terma jamoasi oʻyinchisi sifatida 1991—1993-yillarda Amerika kubogida gʻolib chiqqan jamoa aʼzosi edi.
Klublardagi oʻyin faoliyati
Roberto Sensinining professional futbolchilik faoliyati 1986-yilda „Newell's Old Boys“ futbol klubida boshlangan. Roberto Sensini klub bilan birgaliikda 1989-yilda oʻzining birinchi chempionligini qoʻlga kiritdi. Shundan soʻng, Roberto Sensini vatandoshi Abel Balbo bilan birga "Udinese Calsio" futbol klubi safiga qoʻshildi. Roberto Sensini klub bilan toʻrt mavsum oʻtkazganidan soʻng, 1993-yilda „Parma“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Roberto Sensini „Parma“ futbol klubidagio faoliyatini olti mavsum davom ettirdi. Roberto Sensini bu vaqt oraligʻida klub bilan birga ikki marta UEFA Yevropa ligasi kubogini, ikki marta Italiya kubogi va UEFA superkubogini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, klub 1994-yilda Yevropa kubogi egalari kubogi finaliga chiqdi. Keyin Roberto Sensini 1999—2000-yilgi mavsumdan boshlab "Lazio" futbol klubi safida oʻynay boshladi. Roberto Sensini „Lazio“ futbol klubi bilan birga birinchi mavsumida A seriya chempionligi, Italiya kubogi, UEFA superkubogi va Italiya superkubogini qoʻlga kiritdi. Klubda ikki yil oʻynagandan soʻng, Roberto Sensini 2002-yilda oʻzining birinchi Italiya klubi „Udinese“ futbol jamoasi safiga qaytdi.
2005-yilda Roberto Sensini „Udinese“ klubining UEFA Chempionlar Ligasi uchun asosiy tarkibidagi eng barqaror ishtirokchilardan biri boʻlgan. Roberto Sensini 2005—2006-yilgi mavsumda A Seriyaning eng keksa futbolchilaridan biri boʻlib, 39 yosh, ikki oy va 26 kunligida birinchi divizionda gol urgan eng keksa xorijlik oʻyinchi sifatida rekord oʻrnatgan. Yuqori darajadagi 380 dan ortiq oʻyinlar bilan Roberto Sensini Italiya ligasining eng tajribali himoyachilaridan biri hisoblangan. Italiyalik sport jurnalistlari tomonidan Roberto Sensiniga
nonno (bobo) laqabi berilgan. Roberto Sensini mavsum oxirida nafaqaga chiqdi.
Faoliyat statistikasi
Klub
Manbalar
uz.wikipedia.org