Roberto Pereyra




Roberto Maxilimiano Pereyra (talaffuzi: Roberto Mixilimao Pereyra) — argentinalik futbolchi, „Udinese“ klubi va Argentina terma jamoasi vingeri.

Jamoalardagi faoliyati



Roberto Pereyra „River Plate“ futbol akademiyasi bitiruvchisi. 2009-yil 16-may kuni „Huracán“ga qarshi o‘yinda u Argentina Primerasida debyut qilgan. 2009-2010-yilgi mavsumda Roberto Pereyra 15 ta oʻyin oʻtkazdi va asta-sekin jamoaning asosiy futbolchisiga aylandi.

2011-yilning 30-avgustida Roberto Pereyra Italiyaning „Udinese“ jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolaga. Roberto Pereyraning sobiq jamoasi „River Plate“ bu transferdan 2 mln yevro olgan. Oʻsha yilning 29-sentabrida Yevropa ligasi guruh bosqichida „Celtic“ga qarshi oʻyinda Roberto Pereyra yangi klubi safida debyut qilga. 2012-yil 28-yanvarda „Juventus“ga qarshi duelda Pereyra A Seriyada debyut uchrashuvini oʻtkazgan va uchrashuv oxirida Maurisio Isla oʻrniga maydonga tushgan. Yarim himoyachining oʻyini jamoa murabbiyida yaxshi taassurot qoldirdi, shuning uchun Roberto Pereyra jarohat olgan Dushan Bastani almashtirib, bazada tez-tez maydonga tusha boshlagan. 29-aprel kuni „Lazio“ga qarshi oʻyinda Roberto Pereyra „Udinese“ safida oʻzining birinchi golini urga va jamoasining 2:0 hisobida gʻalaba qozonishiga yordam berga. 18- noyabr kuni „Parma“ jamoasiga qarshi duelda Roberto Pereyra 2012-2013-yilgi mavsumdagi ilk golini urgan.

2016-yilning yozida Roberto Pereyra Angliyaning „Watford“ jamoasiga oʻtib, besh yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 13 million yevroni tashkil qilgan. 27-avgust kuni Londonning „Arsenal“ jamoasiga qarshi oʻyinda Roberto Pereyra Angliya Premer-ligasida debyut qilgan. Oʻsha oʻyinda u „Watford“ safidagi ilk golini urgan. 2020-yilda Roberto Pereyra „Udinese“ga qaytgan.

Xalqaro karyerasi



2011 yilda Argentina yoshlar terma jamoasi tarkibida Roberto Pereyra Kolumbiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Meksika, Angliya, Shimoliy Koreya va Portugaliya bilan oʻyinlarda ishtirok etgan.

2014-yil 11-oktabrda Braziliya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Roberto Pereyra Argentina terma jamoasi safida debyut qilga.

2015-yilda Roberto Pereyra Chilida boʻlib oʻtgan Amerika kubogi finalchisi edi. Turnirda Urugvay va Yamayka terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2018-yilning 11-oktabr kuni Iroqqa qarshi o‘rtoqlik o‘yinida u terma jamoadagi ilk golini urga.

2019-yilning yozida Roberto Pereyra Braziliyada boʻlib oʻtgan Amerika Kubogi-2019 musobaqasida ishtirok etga. Turnirda u Paragvayga qarshi oʻynaga.

Statistikasi




Yutuqlari



„Juventus“

Argentina

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz