Roberto Fernández




Roberto Fernández Urbieta (talaffuzi: Roberto Fernandes Urbieta; 2000-yil 7-iyunda tugʻilgan) — paragvaylik futbolchi, Moskvaning „Dinamo“ futbol klubi himoyachisi.

Klublardagi faoliyati



Roberto Fernández poytaxtning „Guaraní“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2019-yilda poytaxtning „River Plate“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Roberto Fernández Paragvay premer ligasida debyut qilgan. 2021-yil 15- avgustda „Sportivo Luqueño“ futbol klubiga qarshi bahsda Roberto Fernández „Guaraní“ futbol klubi safida birinchi golini raqib darvozasiga kiritgan. 2022-yilning yozida Roberto Fernández Moskvaning „Dinamo“ futbol klubiga oʻtib, 5 yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 3 million yevroni tashkil qilgan. 30-iyul kuni „Voronej Fakel“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Roberto Fernández Rossiya premyer ligasida debyut qilgan.

Xalqaro faoliyati



2017-yilda Paragvay yoshlar terma jamoasi tarkibida Roberto Fernández Chilida boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Argentina, Peru, Ekvador, Kolumbiya va ikki marta Venesuela va Braziliyaga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan. Braziliyaliklar, ekvadorliklar va venesuelaliklarga qarshi bahslarda Roberto Fernández uchta gol urgan.

Oʻsha yili Roberto Fernández Hindistonda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Mali, AQSH va Yangi Zelandiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

2019-yilda Paragvay yoshlar terma jamoasi tarkibida Roberto Fernández Chilidagi Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Roberto Fernández Ekvador, Argentina, Peru va Urugvay jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Peruliklarga qarshi kechgan bahsda Roberto Fernández gol urgan.

Statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz