Roberto Carlos (futbolchi)




Roberto Karlos da Silva Rosha (portugalcha: Roberto Carlos da Silva Rocha; 10-aprel 1973, San Paulu) — sobiq braziliyalik futbolchi, chap qanot himoyachisi, shuningdek, markaziy himoyachi va tayanch yarim himoyachi o'rnida ham o'ynay olgan. Maxachqalaning Anji jamoasi sport direktori. 2002-yilgi Jahon chempionati chempioni, 1998-yilgi Jahon chempionati kumush medal sohibi. FIFA 100 ro'yxatiga kiritilgan. Yevropa Chempionlar ligasida 100dan ortiq o'yin o'tkazgan 19 o'yinchilardan biridir.

O'zining tezligi (100 metrni Roberto 11 sekunddan kam vaqtda yugurib o'tgan) va ko'p gollariga sabab bo'lgan o'ta qattiq zarbasi bilan ancha mashxur hisoblanadi. 1997-yilda yil o'yinchisi nominatsiyasiga ovoz berish natijasiga ko'ra, hamyurti Ronaldodan biroz ortda qolgan holda 2-nchi o'rinni egalladi. Ko'p vaqt to'pning uchish tezligi va zarba kuchi bo'yicha 198 km/s. rekord natija unga tegishli bo'lgan Bu rekord 2010-yildagi Jahon chempionati chog'ida nemis Lukas Podolski tomonidan 201 km/s. natija bilan yangilandi.

"Men bu zarbalarni har kuni mashq qilaman va men o'ylaymanki, omad doimiy mashg'ulotlar natijasida keladi", - Roberto Karlos.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz