Robert Toru Kiyosaki
Robert Toru Kiyosaki (1947-yil 8-aprelda tugʻilgan) – yapon-amerikalik tadbirkor, biznesmen va yozuvchi. Kiyosaki Rich Global MChJ hamda Rich Dad Company xususiy moliyaviy taʼlim kompaniyasi asoschisi boʻlib, kitoblar va videolar orqali odamlarga shaxsiy moliya va biznes taʼlimini bergan. Kompaniyaning asosiy daromadlari Kiyosaki brendidan foydalangan holda mustaqil shaxslar tomonidan oʻtkaziladigan Rich Dad seminarlarining franchayzilaridan tushadi. Shuningdek, Kiyosaki kattalar va bolalarga biznes va moliyaviy tushunchalarni oʻrgatish uchun Cashflow doska va dasturiy oʻyinlar yaratuvchisi hisoblanadi.
Kiyosaki 26 dan ortiq kitoblar muallifi, shu jumladan, xalqaro shaxsiy moliya tomonidan nashr etilgan Boy ota Kambagʻal ota turkum kitoblari 51 tilga tarjima qilinib, dunyo boʻyicha 41 milliondan ortiq nuxsada sotilgan. Kiyosaki uning seminarlarida qatnashgan boʻlgan odamlar tomonidan qoʻzgʻatilgan sud daʼvosining sababchisi, shuningdek, CBC Canada va WTAE USA tomonidan ikkita tergov hujjatli filmining asosiy mavzusi boʻlgan. Kiyosaki kompaniyasi Rich Global MChJ 2012-yilda bankrotlik toʻgʻrisida ariza bergan.
Yoshligi va oilasi
Kiyosaki 1947-yilda Amerikaning Gavayi orollari Hilo shahrida, kelib chiqishi yapon oilasida dunyoga kelgan.
Biznesdagi faoliyati
1974-yilda Kiyosaki Erhard EST seminarlarida qatnashgan va uning aytishicha, bu uning hayotini oʻzgartirgan.
1977-yilda u „Rippers“ kompaniyasini ochgan. Ammo kompaniya bankrotlikka uchragan.
Kiyosaki 1978-yilning iyunigacha Xerox kompaniyasida sotuvchi sifatida ishlagan.
1993-yilda Kiyosaki oʻzining "Agar boy va baxtli boʻlishni istasangiz, maktabga bormang" nomli birinchi kitobini nashr etgan. U oʻz kitobida ota-onalarni farzandlarini kollejga yubormaslikka, buning oʻrniga koʻchmas mulk biznesiga kirishishga undagan.
1997-yilda Kiyosaki Cashflow Technologies, Inc.,biznes va moliyaviy taʼlim kompaniyasini ishga tushirgan. U Rich Dad va Cashflow brendlariga egalik qilib, ularni boshqaradi.
Boshqa biznes va investitsiyalari
Kiyosakining oldingi ikkita korxonasi (Velcro mahkamlagichlari va futbolkalari boʻlgan sumkalar uchun) bankrot boʻldi. CBC telekanaliga bergan intervyusida Kiyosaki oʻzining kitoblarini qimmatroq seminarlari uchun reklama sifatida taʼriflagan. 2012-yilda Kiyosakining „Rich Global LLC“ kompaniyasi bankrotlik toʻgʻrisida ariza bergan va The Learning Annex hamda uning asoschisiga qariyb 24 million dollar toʻlashga majbur boʻlgan.
Biznes va moliyaviy maslahat
Kiyosaki oʻzi toʻliq yoki qisman egalik qiladigan bir qator kompaniyalar orqali va uning nomidan haq evaziga foydalanishga ruxsat berilgan boshqa kompaniyalar bilan franchayzi kelishuvlari orqati ish yuritadi. Bularga Rich Dad MChJ, Whitney Information Network, Rich Dad Education va Rich Dad Academy kabi kompaniyalari kiradi.
Kiyosakining moliyaviy va biznes taʼlimotlari „moliyaviy taʼlim“ nomi ostidagi koʻchmas mulk investitsiyalari, bizneslar, aksiyalar va tovarlar kabi biznes va investitsiya imkoniyatlariga eʼtibor qaratish orqali passiv daromad olish, bunday investitsiyalar orqali yolgʻizlikda haqiqiy moliyaviy mustaqillikka erishishini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan oʻqitish uslubiga asoslangan.
Kiyosaki „aktivlar“ atamasini choʻntakka pul keltiradigan narsalar nisbatan ishlatadi. U naqd pulni tejash yoki anʼanaviy ishdan ish haqiga koʻnikib yashash oʻrniga oʻz majburiyatlarini moliyalashtirish uchun, avvalo, aktiv yaratish muhimligini taʼkidlaydi.
Shaxsiy hayoti
Kiyosaki 2016-yilgi prezidentlik saylovlarida Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampni maʼqullagan va qoʻllab-quvvatlagan. Kiyosaki avvalroq Tramp bilan birgalikda ikkita kitob muallifi boʻlgan.
Tanqidlar
2010-yilda Kanada radioeshittirish korporatsiyasi Kanadadagi Kiyosaki kompaniyasi tomonidan seminarlar niqobi ostida davom etayotgan firibgarliklarini fosh qilgan. „Boy ota“ seminari tashkilotchilarining muvaffaqiyat daʼvolarini kuzatib, bu daʼvolarning yolgʻon ekanini aniqlaganlar. Seminar oʻqituvchilari tomonidan „muvaffaqiyatli“ deb targʻib qilinayotgan treylerlar va treyler parklariga investitsiyalar, aslida, yaroqsiz taqir yerlar ekanligi aniqlangan.
Kiyosaki maslahatlarida latifalarga alohida urgʻu bergani va oʻquvchilarning qanday davom etishi yoki foydalanishi haqida aniq maslahatlar yoʻqligi sababli tanqid qilingan.
2006-2007-yillarda Kiyosakining „Rich Dad“ seminarlarida koʻchmas mulkning narxlari tushishidan oldin bunday yerlarni yaxshi investitsiya sifatida targʻib qilish davom ettirilgan.
2010-yilda CBS Newsdan Allan Roth Rich Dadning bepul seminarlaridan birida qatnashganida nima sodir boʻlganini hujjatlashtirdi va qoʻllanilgan baʼzi taktikalarni tahlil qilgan. Uning Kanadadagi seminarlari boʻyicha Bozor ekspozitsiyasi 450 dollarlik seminarlarda nima sodir boʻlganini yashirin kamera orqali, shu jumladan, Kiyosakining ularga javobini koʻrsatgan.
Kitoblar muallifi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org