Robert Solow




SOLU (Solow) Robert Merton (1924.23.8, AQSH, Nyu-York) - amerikalik iqtisodchi. Garvard universitetida V. Leontyev qoʻlida saboq olgan. Kolumbiya universitetini tugatgan. S. 1950-yildan Massachusets texnologiya institutida dars bergan. 1961—63 yillarda AQSH Prezidentining iqtisodiy maslahatchisi. S. gʻoyalari neokeynschilik taʼlimotini tanqid qilish asosida yuzaga keldi. S. neokeynschilikning ayrim qarashlarini tanqid qilish asosida iqtisodiy oʻsishning neoklassik nazariyasini rivojlantirdi va uni hisoblash usullarini yaratdi. Iqtisodiy oʻsishni taʼminlashda kapitalning eng muhim oʻrinda turishini koʻrsatdi. S, shuningdek, byudjet siyosati nazariyasi, shaharlar iqgisodiyoti va yerdan foydalanish, ishsizlik nazariyasi va boshqalarga ham katta hissa qoʻshdi. Nobel mukofoti laureati (1987).

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz