Robert Skov




Robert Skov (dan. Robert Skov) — daniyalik futbolchi „Hoffenheim“ klubi va Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. 2020-yilgi Yevropa chempionatining yarim finalchisi.

Jamoalardagi faoliyati



Skov oʻz faoliyatini „Silkeborg“da boshlagan. 2013-yil 16-mayda u Daniya Superligasida „Midtyulland“ga qarshi oʻyinda debyut qildi. Mavsum oxirida jamoa ikkinchi ligaga tushib ketdi, biroq oradan bir yil oʻtib yana birinchi ligaga qaytdi. 2014-yil 19-oktabrda „Midtyulland“ga qarshi kechgan bahsda Skov „Silkeborg“ safida ilk golini urdi. 2018-yil boshida Skov „Kopengagen“ga koʻchib oʻtdi. 10-fevral kuni „Randers“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi. 25-fevral kuni „Odense“ga qarshi duelda Robert „Kopengagen“ safidagi ilk golini urdi. 4-oktabr kuni Yevropa ligasi doirasida Fransiyaning „Bordo“ klubiga qarshi o‘yinda u gol urdi. Mavsum oxirida Skov klubga chempion boʻlishiga yordam berdi va oʻzi 29 ta gol bilan uning eng yaxshi toʻpurari boʻldi.

2019-yilning yozida Skov Germaniyaning „Hoffenheim“ klubiga oʻtdi. Transfer summasi 10 million yevro deb belgilandi. 18-avgust kuni Frankfurtning „Ayntraxt“ klubiga qarshi oʻyinda u Germaniya Bundesligasida debyut qildi. 1-noyabr kuni „Paderborn 07“ga qarshi oʻyinda Robert „Hoffenheim“ safidagi birinchi golini urdi.

Xalqaro faoliyati



2016-yilda Skov Daniya olimpiya terma jamoasi tarkibida Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi. Turnirda u Janubiy Afrika, Braziliya va Nigeriya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Afrikaliklarga qarshi kechgan duelda Robert gol urdi.

2019-yil 10-iyun kuni Gruziyaga qarshi 2020-yilgi Yevropa chempionati saralash o‘yinida Skov Daniya terma jamoasi safida debyut qildi.

2019-yilda Daniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Skov Italiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Germaniya, Avstriya va Serbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Nemislarga qarshi kechgan bahsda Robert gol urdi.

Oʻsha yilning 5-sentabr kuni Gibraltarga qarshi 2020-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinida u milliy terma jamoadagi birinchi golini urgan.

Daniya terma jamoasi safidagi gollar (23 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida)




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz