Robert Rubčić
Robert Rubčić (talaffuzi: Robert Rubchich) (1963-yil 2-noyabrda tugʻilgan) — xorvatiyalik sobiq futbolchi va futbol murabbiyi.
Futbolchilik faoliyati
Futbolchi sifatida Rubčić faoliyatining koʻp qismini HNK Rijeka jamoasida oʻynagan. 1982 va 1996-yillar oraligʻida 184 liga oʻyinida maydonga tushgan. U 5 yil davomida klub sardori boʻlgan va 1990-yilda mustaqillikdan soʻng birinchi Xorvatiya milliy futbol jamoasining asosiy oʻyinchilaridan biriga aylangan. U 1990-yil 22-dekabrda Rijekada Ruminiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. U 86-daqiqada Zlatko Kranjčar oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan.
Murabbiylik faoliyati
U oʻzining murabbiylik faoliyati davomida Xorvatiyaning NK Orijent, NK Crikvenica va HNK Rijeka klublarini boshqargan, shuningdek, Xorvatiya futbol terma jamoasida yordamchi murabbiy, Rijekada sport direktori va skaut boʻlgan. 2010-yilning sentabrida Bangladesh terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan. U 1 yillik shartnoma imzolagan va mamlakatni boshqargan 14-xorijiy murabbiyga aylangan.
Rubčić texnik jihatlarga urgʻu berib, butun oʻyin davomida koʻproq yugurish va tezlikni afzal koʻrgan. Uning taktikasiga koʻra, terma jamoa 4-2-3-1 sxemasida oʻynagan va bu jamoaga eng mos deb hisoblangan. 2010-yilgi Osiyo oʻyinlarida odamlar Robertdan koʻp narsa kutishgan edi, lekin u odamlarning umidlarini oqlay olmagan, chunki Bangladesh Osiyo oʻyinlaridan chiqib ketgan va barcha oʻyinlarda magʻlubiyatga uchragan. U 2011-yilning 14-iyunida Bangladesh federatsiyasi tomonidan 2014-yil JCh saralashida Pokistonga qarshi oʻyin arafasida ishdan boʻshatilgan. U 2-iyun kuni Bangladeshni tark etgan.
Foaliyat statistikasi
Klub statistikasi
Xalqaro oʻyinlari
Manbalar
uz.wikipedia.org