Robert Lucas Jr.
Robert Emerson Lucas Jr. (1937-yil 15-sentyabr – 2023-yil 15-may) Chicago universitetida faoliyat yuritgan amerikalik iqtisodchi. U makroiqtisodiyotga yangi klassik yondashuvning rivojlanishidagi asosiy shaxslardan biri sifatida eʼtirof etilgan. 1995-yilda Lucas „ratsional kutilmalar gipotezasini ishlab chiqgan va tadbiq etgan. Buning natijasida makroiqtisodiy tahlil oʻzgartirgani va iqtisodiy siyosat haqidagi tushunchamizni chuqurlashtirgani uchun“ Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan. Greg Mankiw uni „XV asrning soʻnggi choragidagi eng nufuzli makroiqtisodchi“deb taʼriflagan. 2020-yilda u dunyodagi eng koʻp tilga olingan iqtisodchilar orasida 10-oʻrinni egalladi.
Bolaligi va taʼlimi
Lucas 1937-yil 15-sentyabrda Vashington shtatining Yakima shahrida Robert Emerson Lucas va Jane Templeton Lucas oilasida tugʻilgan. U oilada tongʻich farzand edi. Uning ota-onasi Yakimada muzqaymoq fabrikasiga egalik qilishgan. Buyuk depressiyada davrida biznes muvaffaqiyatsizlikka uchragach, uning oilasi Sietlga koʻchib oʻtgan. Uning onasi modelyer boʻlib ishlagan, otasi esa kemasozlik zavodida ishlagan, keyinchalik esa muzlatgich ishlab chiqaradigan kompaniyada payvandchi boʻlib ishlagan.
Lucas 1959-yilda Chicago universitetida tarix boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Lucas Berkeleydagi Kaliforniya universitetida aspiranturaning birinchi bosqichidida oʻqigan, lekin u moliyaviy sabablarga koʻra universitetni tark etgan. 1960-yilda Chicago universitetiga qaytib keldi va u 1964-yilda iqtisodiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. Uning „AQSh ishlab chiqarish sanoatida mehnatni kapital bilan almashtirish: 1929-1958“ dissertatsiyasi H.Gregg Lewis va Dale W.Jorgenson rahbarligida yozilgan. Lucas iqtisodiyotni „Marksizm“ asoslarida oʻrgangan. U iqtisodiyot tarixning haqiqiy harakatlantiruvchi kuchi ekanligiga ishongan va shuning sababli iqtisodiyotga toʻliq kirib oʻrgangan, keyinchalik tarix sohasiga qaytishni rejalashtirgan.
Ish faoliyati
Oʻqishni tamomlagandan soʻng, Lucas 1975-yilgacha Chicago universitetiga qaytgunga qadar u Carnegie Mellon universitetidagi Sanoat boshqaruvi oliy maktabida dars bergan.
Lucas 1980-yilda Amerika sanʼat va fanlar akademiyasi, 1981-yilda Guggenxaym uyushmasi, Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy fanlar akademiyasi va 1997-yilda Amerika falsafa jamiyati aʼzosi etib tayinlangan. Uning maqolalari toʻplami Duke universitetining Rubenshteyn kutubxonasida saqlanadi.
Lucas 1995-yilda „ratsional kutilmalar gipotezasini ishlab chiqgani va tadbiq etgani va buning natijasida makroiqtisodiy tahlil oʻzgartirgani va iqtisodiy siyosat haqidagi tushunchamizni chuqurlashtirgani uchun“ Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan.
Tadqiqotlarga qoʻshgan hissasi
Ratsional kutilmalar
Lucas makroiqtisodiy nazariyada ratsional kutilmalarning oqibatlarini oʻrganishi boʻyicha ilmiy tadqiqotlari bilan mashhur. Lukas (1972-yil) ratsional kutilmalar gʻoyasini dinamik makroiqtisodiy modellarga kiritgan. Lucas modelidagi agentlarining qarorlari oʻrinlidir: mavjud maʼlumotlarga asoslanib, ular kelajakdagi narxlar va miqdorlar boʻyicha taxminlarni shakllantiradilar va ushbu taxminlarga asoslanib, umr boʻyi kutilgan foydalilikni maksimal darajada oshiradigan tarzda harakat qilishadi. U Milton Friedman va Edmund Felpsning pulning uzoq muddatli neytralligi haqidagi qarashlariga nazariy asoslar bergan. Fillips egri chizigʻida tasvirlangan ishlab chiqarish va inflyatsiya oʻrtasidagi oʻsha paytda kuzatilgan korrelyatsiyani tushuntirish bilan birga ushbu munosabatlarning mavjudligi siyosatni oʻzgartirish imkoniyatini bermaganligini koʻrsatib bergan.
Hayoti
Lucas Chicago But biznes maktabida birga taʼlim olgan kursdoshi Rita Cohen bilan oila qurgan. Ular 1980-yil ajrashishgan. Ajralish shartida, agar mukofot 1995-yil 31-oktabrgacha topshirilsa, Cohenga Nobel mukofotlarining yarmini olish huquqini beruvchi band bor edi.
Cohen bilan ajrashgandan soʻng, Lucas Nancy Stokeyga uylangan. Er-xotin iqtisodiy oʻsish nazariyasi, davlat moliyasi va pul nazariyasi boʻyicha maqolalar ustida hamkorlik qilgan. Lucas va Cohenning ikkita oʻgʻli bor edi: Stiven (1960-yilda tugʻilgan) va Jozef (1966-yilda tugʻilgan).
Lucas 2023-yil 15-mayda Chikagoda 85 yoshida vafot etgan.
Asarlari
Manbalar
uz.wikipedia.org