Robert Lenglends




Robert Langlands (talaffuzi: Robert Lenglends) (1936-yil 6-oktyabrda tugʻilgan) — amerikalik-kanadalik matematik. Langlends Langlands dasturi asoschisi oʻlaroq tanilgan. 1996-yil Wolf mukofoti, 2018-yili Abel mukofoti bilan taqdirlangan.

Langlands 1957-yilda Britaniya Kolumbiyasi universitetidan bakalavr darajasini, 1958-yilda esa magistr darajasini olgan. Shundan soʻng u Yale universitetiga oʻqishga oʻtgan va 1960-yilda PhD ilmiy darajasini olgan. Olim 1967-yilgacha Princeton universitetida va 1967—1972-yillarda Yale universitetida ishlagan. Langlandsni 1972-yilda Perspektiv tadqiqotlar institutiga professor boʻlib ishlashga taklif qilishgan va u 2007-yilda isteʼfoga chiqquniga qadar shu lavozimda ishlagan.

Olim Langlands dasturi nomi bilan maʼlum boʻlgan ilmiy ishlari va gipotezalari bilan shuhrat qozongan. Dastur gavdalantirish teoriyasi hamda avtmomorfik formalarni sonlar nazariyasidagi Galois guruhlari bilan bogʻlovchi bir necha gipoteza va natijani oʻz ichiga oladi. 2020-yiga qadar Langlands Perspektiv tadqiqotlar institutida Albert Einsteinning ofisida ishlagan. Langlands matematikadan tashqari tilshunoslikka ham qiziqadi. Fransuz, turk, nemis va rus tillarini biladi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz