Robert Kox




Robert Koch (1843. 11.12, Klaustal — 1910.27.5, Baden-Baden) — nemis mikrobiologi. Epidemiologiya va bakteriologiya asoschilaridan biri. Gyottingen universitetini tugatgan (1866). Berlin universiteti professori (1885—91). Berlindagi yuqumli kasalliklar instituti direktori (1891-1904; hozirgi institut uning nomi bilan yuritilgan). Asosiy ishlari yuqumli kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlarni aniqlash va ularga qarshi kurash usullarini ishlab chiqishga oid. Misr, Hindiston, Yangi Gvineya va Yava oroliga mikrobiologik ekspeditsiyalar tashqil etgan. Kuydirgi, sil (1882) vaboni (1883) qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlarni kashf etgan. Bakterial tadqiqotlar olib borgan. Dezinfikatsiya usullarini taklif etgan. Tuberkulin preparatini topgan (1890). Nobel mukofoti laureati (1905).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz