Robert Kovač




Robert Kovač (talaffuzi: Robert Kovach; 1974-yil 6-aprelda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbol murabbiyi va markaziy himoyachi sifatida oʻynagan sobiq futbolchi. Akasi Niko ham futbol murabbiyi va sobiq futbolchi.

Klublardagi faoliyati



Ilk faoliyati



Kovač faoliyatini quyi liga klublari Rapide Wedding va Hertha Zehlendorfda boshlagan. 1995-yilda 2. Bundesliga klubi 1. FC Nürnbergda debyut qilgan. Klubning asosiy oʻyinchisi boʻlgan Kovač 1995—1996-yilgi mavsum oxirida Leverkusen bilan shartnoma imzoladi.

Bayer Leverkusen



Leverkusendagi besh mavsumida klub tayinli sovrin yoki muvaffaqiyatga erisha olmadi.

Bayern



Shartnoma muddati tugagandan soʻng 2000—2001-yilgi mavsumning amaldagi va UEFA Chempionlar Ligasi chempioni „Bayern“ga oʻtdi. „Bayern“ bilan toʻrt mavsumda ikki marta Bundesliga, ikki marta Germaniya kubogi va 2001-yilda Qitʼalararo kubokni qoʻlga kiritdi .

Juventus



2005-yil 15-iyulda „Juventus“ bilan shartnoma imzoladi. B Seriyaga tushib ketganidan keyin „Juve“da qolishga qaror qilgan kam sonli oʻyinchilardan biri boʻldi. Germaniyaga qaytgunga qadar jami 35 oʻyin oʻtkazdi va bitta gol urdi

Borussia Dortmund



2007-yil 1-avgustda Xorvatiya terma jamoasining boshqa yulduzi Mladen Petrich bilan ikki oy oldin Dortmundning „Borussia“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Kovač Bundesligaga omadsiz qaytdi va 2008—2009-yilgi qishki transfer oynasida Zagrebning Dinamo klubiga sotildi.

Dinamo Zagreb



2009-yilning 29-yanvarida, yanvar oyidagi transfer oynasi yakuniga yetganda, Xorvatiya chempioni Zagrebning „Dinamo“ klubi bilan 1 yarim yillik shartnoma imzoladi. Klub avvalroq 2007-yilning yozida uni qoʻlga kiritishga harakat qilgan, biroq uning talablarini bajara olmagan. Dortmundning „Borussia“si 450 ming yevro tovon puli oldi. Debyut mavsumida Kovač ligada 12 va Xorvatiya kubogida yana 2 oʻyin oʻtkazdi. 2009—2010-yilgi mavsumni jarohat bilan boshlagan. Iyul va avgust oylarida Dinamoning barcha oʻyinlarini oʻtkazib yuborgan, ammo sentyabr boshida safga qaytgan. Kovač mavsumni „Dinamo“ safida barcha musobaqalarda jami 22 oʻyin oʻtkazdi, 2010-yil 1-iyunda faol futboldan ketgani rasman eʼlon qilinishidan oldin yakunladi.

Xalqaro faoliyati



Kovač Xorvatiya terma jamoasini 2002- va 2006-yillarda ikkita jahon chempionatida himoya qilgan, shuningdek, 2004- va 2008-yillarda ikkita Yevropa chempionatida ishtirok etgan. 2006-yilgi Jahon chempionatida Yaponiyaga qarshi oʻyinda ikkinchi sariqni olib, guruhning soʻnggi oʻyinini Avstraliyaga qarshi oʻtkazib yubordi. 2008-yilda akasi nafaqaga chiqqanidan keyin jamoa sardori boʻlgan0 2009-yilning kuzida terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.

Murabbiylik faoliyati



2018-yilning 1-iyulida „Bayern“ bosh murabbiyi yordamchisiga aylandi. Robertning katta akasi Niko Robertni „Bayern“ga klub boshqaruviga kelganida oʻzi bilan olib kelgan. 2019-yil 3-noyabr kuni akasi bilan birgalikda klub bilan xayrlashdi.

2020-yil iyul oyida Kovač „Monako“ga yordamchi murabbiy sifatida qoʻshildi, Niko esa murabbiy sifatida ishladi.

Faoliyat statistikasi



13-sentyabr, 2009-yil holatiga koʻra[15][16][17][18][19].

Yutuqlari



Bayern Munich

Juventus

Dinamo Zagreb

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz