Robert Ilatov
Robert Ilatov (ivritcha: רוברט אילטוב tugʻ.1971-yil 12-noyabr, Andijon, Oʻzbekiston SSR, (hozir Oʻzbekiston)) — isroillik siyosatchi, Knessetning 17, 18 va 19-chaqiriq deputati, Likud — bizning uy Isroil („Likud — BUI“) siyosiy birlashmasi aʼzosi.
Tarjimai holi
Robert Ilatov 1971-yil 12-noyabrda O‘zbekiston SSRning Andijon shahrida buxoro yahudiylari oilasida tug‘ilib, bolaligi shu yerda o‘tgan. 1985-yilda u Isroilga koʻchib oʻtdi va Netanyaga joylashgan. Chernixovskiy oʻrta maktabining 12-sinfini va Tel-Aviv universiteti qoshidagi kollejni tamomlagan.
Mehnat faoliyati
2003-yildan 2006-yilgacha Robert Ilatov Netaniya merining oʻrinbosari boʻlib ishlagan, munitsipal qabul komissiyasini boshqargan, transport, avtoturargohlar va shahar axborot tizimlari boʻyicha komissar boʻlgan. 2000-yildan 2006-yilgacha Laniado kasalxonasida jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimiga mas’ul boʻlgan.
Partiya va siyosatdagi faoliyati
Ilatovning siyosiy faoliyati 1997-yilda Isroil Ba-Aliya partiyasi (IBA) safida boshlangan, u 1998-yildagi munitsipal saylovlarda Netaniya shahri munitsipal kengashiga oʻtgan. Saylovdan soʻng „Bizning uyimiz Isroil“ partiyasiga qoʻshildi. 2006-yilgi saylovlarda „Isroil bizning uyimiz“ partiyasi partiya roʻyxatining toʻqqizinchi raqami boʻlgan Robert Ilatov 17-Knessetga nomzodini qoʻydi va deputatlikka saylandi. Shu bilan 2007-yil 25-fevraldan boshlab u Knessetdagi NDI parlament fraksiyasi raisi.
Knessetda
Fraksiyalar
Komissiyalardagi faoliyat
Boshqa lavozimlar
Shaxsiy hayoti
Xotini Irina Ilatova Minskdan Isroilga koʻchib kelgan. Minsk jismoniy tarbiya instituti bitiruvchisi, badiiy gimnastika bo‘yicha sport ustasi. Netanya meriyasi huzuridagi pedagogik markazda ishlaydi. Robert va Irina 1999 yilda tanishgan — ular munitsipalitetda birga ishlashgan. Oʻgʻillari — Devid 2001-yilda va Ariel 2010-yilda tugʻilgan. Robert Ilatovning ikkita ukasi bor. Netaniyada oilasi bilan yashaydi.
Mukofotlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org