Robert Friend
Robert Douglas Friend (talaffuzi: Robert Duglas Friend) — kanadalik futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan. Germaniyaning „Borussia“ klubi va Kanada terma jamoasidagi oʻyinlari bilan tanilgan.
Jamoalardagi faoliyati
Bolaligida Robert Friend voleybol, regbi, tennis va xokkey sport turlarida ham faoliyat yuritgan.17 yoshida u futbol bilan shugʻullana boshlagan. Kollej yillarida Robert Friend kollej futbol jamoasida oʻynagan. 2003-yilda u Amerikaning „Chicago Fire“ klubiga taklif qilingan, biroq u jamoada bir daqiqa oʻynamay, Norvegiyaning „Moss“ klubiga oʻtgan. Yangi jamoada u vatandoshi Patris Bernier bilan qoʻshilgan. 2004-yilda Robert Friend „Molde“ga koʻchib oʻtgan va u yerda Norvegiya kubogini qoʻlga kiritgan.
2006-yilning yozida Robert FriendGollandiyaning „Heerenveen“ klubiga oʻtib, toʻrt yillik shartnoma imzolaga. Transfer summasi 2 million yevroni tashkil qilgan. 26-avgust kuni „Willem II“ ga qarshi oʻyinda u „Eredivisie“ jamoasidagi ilk golini urgan. 2007-yil boshida Robert Friend „Heracle“ga ijaraga oʻtgan. 15- aprel kuni „Feyenoord“ga qarshi kechgan duelda u „dubl“ga erishgan va yangi jamoasi safidagi ilk gollarini urgan.
2014-yil boshida Robert Friend „Los Angeles Galaxy“ga erkin agent sifatida qoʻshilgan. U MLSdagi debyutini 9-mart kuni „Real Salt Lake“ga qarshi oʻtkazgan. Mavsum oxirida Robert Friend MLS kubogi sohibiga aylangan, shundan soʻng u faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan.
Xalqaro karyerasi
2001-yilda Kanada yoshlar terma jamoasi tarkibida Robert Friend Argentinada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan.
2003-yil 19-yanvarda AQSh terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Robert Friend Kanada terma jamoasida debyut qilgan. 2006-yil 4-sentabrda Yamayka terma jamoasiga qarshi duelda u terma jamoadagi birinchi golini urgan.
2007-yilda terma jamoa tarkibida Robert Friend KONKAKAF oltin kubogining bronza medali sovrindori boʻlgan. Turnirda u Kosta-Rika va Gaiti jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
2011-yilning yozida Robert Friend ikkinchi marta KONKAKAF oltin kubogida ishtirok etgan. Turnirda u AQSH va Gvadelupa jamoalariga qarshi oʻyinlarda qatnashdi.
Statistikasi
Yutuqlari
Jamoaviy yutuqlari „Molde“ „Los Angeles Galaxy“ Xalqaro yutuqlari Kanada Manbalar
uz.wikipedia.org