Robert Enke
Robert Enke (talaffuzi: Robert Enk; 1977-yil 24-avgustda Germaniyada tugʻilgan) — germaniyalik darvozabon. Germaniya Bundesligasida „Gannover 96“ jamoasida oʻynagan. Milliy terma jamoa aʼzosi.
Xalqaro faoliyati
2007-yil mart oyida Robert Enke milliy terma jamoadan taklif olgan. Uning ilk uchrashuvi Daniya termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini boʻlgan. Oʻsha paytga kelib darvozabon Oliver Kan terma jamoani tark etgan edi. EURO-2008 musobaqasida jamoaning tarkibiga Robert Enke ham kiritilgan, lekin u hech qaysi oʻyinda maydonga tushmagan. EURO-2008 sobiq darvozabon Leman milliy terma jamoani tark etgandan soʻng, 2010-yilgi Jahon chempionati saralash guruhida darvozabon sifatida Robert Enke qatnashgan. Umuman olganda, Robert Enke oʻzining oʻyinlari davomida Yoaxim Lyov boshchiligidagi Germaniya terma jamoasida 8 ta oʻyin oʻtkazgan. Robert Enke terma jamoadagi soʻnggi oʻyinini 2009-yilning 12-avgust kuni Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan.
Vafoti
U 2009-yil 10-noyabrda 32 yoshida Noyshtadt am Rübenberg shahrida vafot etgan. Robert Enke mashinasini soatiga 160 km tezlikda ketayotgan Gamburg-Bremen yoʻnalishidagi ekspres poyezd urib yuborgan. Maʼlumki, Robert Enke oʻsha paytlarda „Barcelona“ futbol klubining asosiy jamoasida oʻz oʻrnini topa olmagani tufayli psixiatriya yordamiga murojaat qilgan.
Robert Enkening vafoti munosabati bilan Germaniya futbol assotsiatsiyasi 2009-yilning 14-noyabrida Chiliga qarshi oʻtkazilishi rejalashtirilgan oʻrtoqlik uchrashuvini bekor qilishga qaror qilgan. 2011-yilda Gannoverda „AVD-Arena“ yonida joylashgan koʻchalardan biriga Robert Enke nomi berilgan.
Oilasi
Robert Enkening Tereza isimli rafiqasi va Leyla ismli asrab olgan qizi bor. Ularning qizi Lara 2006-yil sentabr oyida tugʻma yurak kasalligi tufayli 2 yoshida vafot etgan.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org