Robert Bruce Merrifield




Robert Bruce Merrifield (1921.15.6. Fort-Uert, Texas shtati, AQSH — 2006.14.5, Kresskill, Nyu-Jersi) — amerikalik biokimyogar. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1972). Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetni tugatgan (1943), 1949-yildan Nyu-Yorkdagi Rokfeller universitetida ishlagan (1966-yildan professor). Aminokislotalar bilan taʼsirlashadigan faol guruxlar tutgan qattiq polimer tashuvchilarda peptidlar sintez qilishining geterofazoviy usulini ishlab chiqqan (1962). Bradikinin, angiotenzin va ribonukleazalarni sintez qilgan (1969). Nobel mukofoti laureati (1984).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz