Rob Apter




Robert Julian Apter (talaffuzi: Robert Julian Apter 2003-yil 23-aprelda tugʻilgan) — Shotlandiyalik professional futbolchisi, Blackpooldan ijara asosida “Scunthorpe United”da yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. U Shotlandiyani 19 yoshgacha bo'lganlar darajasida himoya qilgan.

Klubdagi faoliyati



Blackpool



Liverpoolda tug'ilgan Apter 8 yoshida Tranmere Rovers akademiyasi bilan shartnoma imzolagan. U 16 yoshida erkin agent sifatida qo'yib yuborilgunga qadar u yerda qolgan. Apter 2019-yilning may oyida Blackpoolda ikki yillik stipendiya oldi va 2020-yil noyabr oyida qoʻshimcha yil varianti bilan ikki yillik professional shartnoma imzoladi. U o'sha oyning oxirida "Leeds United U21" da 3:0 hisobida g'alaba qozongan EFL Trophy o'yinida zaxira o'yinchisi sifatida debyutini o'tkazdi. Apter 2021-yilning 26-yanvarida “Wigan Athletic” ga qarshi (5:0) kechgan o‘yinda zaxiradan maydonga tushgan va yakuniy golga assistentlik qilgan. 2021-yil fevral oyida u 18 yoshgacha bo'lgan futbolchilar uchun Liga Futbol Ta'limi The 11 mukofoti bilan taqdirlangan 33 o'yinchidan biriga aylandi.

Apter 2021-yilning 3-dekabrida klub bilan shartli ikki yarim yillik yangi shartnoma imzoladi.

Bamber Bridge (ijara)
2021-yil 13-avgustda Apter ijara asosida Bamber Bridgega qo‘shildi. 2-dekabr holatiga ko'ra, u barcha musobaqalarda o'nta gol urishga muvaffaq bo'ldi. U 15-dekabr kuni yoshlik klubiga(Tranmere Rovers) qaytdi.

Chester (ijara)
2022-yil 3-yanvarda Apter Chesterga 28 kunlik ijara asosida qo‘shildi. 1-fevralda esa uning ijarasi mavsum oxirigacha uzaytirildi.

Scunthorpe United (ijara)
2022-yil 28-avgustda Apter 2023-yil yanvarigacha qisqa muddatli ijara asosida Milliy liga klubi Scunthorpe Unitedga qo‘shildi. Ertasi kuni u o'z maydonida "Halifax Town" ga qarshi o'yinda (2:0) debyut qildi.

Xalqaro martaba



2021-yilning sentyabr oyida Apter 19 yoshgacha bo'lgan Shotlandiya terma jamoasiga chaqirildi.

U 2021-yilning 10-noyabrida Armanistonga qarshi 19 yoshgacha bo'lganlar uchun debyut qilgan. U o'zining birinchi go'lini uch kundan keyin Gibraltar ustidan 3:0 hisobidagi g'alabada kiritdi.

Faoliyat statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz