Rúnar Már Sigurjónsson




Rúnar Már Sigurlaugarson Sigurjónsson (talaffuzi: Runar Mar Siguronnson) (1990-yil 18-iyun) — islandiyalik professional futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi.

U oʻzining katta futbolchilik faoliyatini mahalliy Tindastóll jamoasida boshlagan, soʻngra Niderlandiya, Shvetsiya, Shveytsariya, Qozog'iston va Ruminiyaning professional musobaqalarda qatnashgan.

Rúnar Islandiya terma jamoasidagi debyutini 2012-yil noyabr oyida Andorraga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (2:0) oʻtkazgan. U UEFA Yevro-2016 uchun terma jamoaga chaqirilgan, ammo turnirda hech qanday oʻyinda maydonga tushmagan.

Klubdagi faoliyati



Rúnar oʻz faoliyatini tugʻilib oʻsgan „Tindastóll“ klubida boshlagan, 17 yoshida Poytaxtga koʻchib oʻtgandan keyin XK jamosiga qoʻshilgan. U yuqori jamoaga koʻtarilgunga qadar eng quyi ligada XKning zahira jamoasi „Imir“ bilan bir mavsum oʻtkazgan va 2009-yilda Islandiya futbolining barcha toʻrt divizionida maydonga tushgan.

2012-yilgi mavsumdan soʻng, 2013-yil 31-yanvarda Runar Gollandiyaning „Zvolle“ klubi bilan shartnoma imzolagan va 2012—2013-yilgi mavsum oxirigacha yana ikki mavsumni ijara asosida oʻtkazgan. Gollandiyaga yetib kelganidan koʻp oʻtmay, u jarohat olgan va natijada birorta oʻyinda maydonga tusha olmagan. Aprel oyi oxirida u Islandiyadagi 2013-yilgi mavsum uchun Valur jamoasiga qaytishi maʼlum boʻlgan. Rúnar Valur tarkibida faqatgina 2013-yilning 3-mayida maydonga tushgan.

2013-yil 6-avgustda Rúnar Shvetsiyaning Superettan liga jamoasi GIF Sundsvall jamoasiga oʻtgani eʼlon qilingan. Rúnar jamoa bilan 2016-yil oxirigacha shartnoma imzolagan. 2016-yilning yozida u Shveytsariya Superligasining „Grasshoppers“ klubiga 350 000 yevro evaziga sotilgan. 2019-yilning 17-iyunida Rúnar „Grasshoppers“ bilan shartnoma muddati tugaganidan keyin „Astana“ jamosiga oʻtgan.

2021-yilning 8-fevralida Rúnar Ruminiyaning CFR Kluj jamoasi bilan erkin agent sifatida shartnoma izmoalagan. Bir yarim mavsum davomida u barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan.

Xalqaro faoliyati



Rúnar Islandiya yoshlari tarkibida sakkizta oʻyin oʻtkazgan. 2012-yilgi muvaffaqiyatli mavsumda u 7 ta gol urgan. Rúnar 2012-yil oktyabr oyida Shveytsariyaga qarshi FIFA Jahon chempionati-2014 saralash oʻyinida asosiy tarkibga qabul chaqirilgan, ammo zaxira oʻrindigʻidan maydonga tushmagan. Bir oy oʻtgach, u Andorraga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushgan va oʻzining debyutida jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilgan.

U UEFA Yevro 2016 uchun terma jamoaga chaqirilgan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz