Rizosfera




Rizosfera (yunoncha: rhiza — ildiz va sfera) — oʻsimlik ildizlarini bevosita oʻrab turadigan guproq qatlami. Tuproqning boshqa qatlamlariga qaraganda P. mikroorganizmlarga boy boʻlganidan, unda tuproq jarayonlari kuchliroq kechadi. R. mikroflorasinnj tarkibi tuproq tipi, ekologik sharoitlar va oʻsimlik yoshiga bogʻliq. Oʻsimliklar ildizlari orqali R.ga turli moddalar (qand, organik kislotalar, alkaloidlar, fitonsidlar) chiqadi va bu ajratmalar R. mikroorganizmlari uchun ozuqa boʻladi, tuproq nordonligini oʻzgartiradi va boshqa (yana qarang Ildiz).

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz