Rizo Pahlaviy (shahzoda)




Shahzoda Rizo Pahlaviy (1960; 31-oktyabr; Tehron) - Pahlaviylar uyining boshlig'i, hozirda tugatilgan Eron Shahanshohlik davlatining valiahd shahzodasi (shahzoda), Eronning oxirgi shahanshohi - Muhammad Rizo Pahlaviyning to'ng'ich o'g'li.

1967-yildan u Eronning valiahd shahzodasi (Shahzoda) boʻlib, taxtni otasi Muhammad Rizo Pahlaviydan keyin egallashi kerak edi. Ammo 1979-yilgi Erondagi Islom inqilobi tufayli u oilasi bilan birgalikda Eronni tark etishga majbur boʻladi.

Eronda amalda bo`lgan diniy islom respublikasining asosiy tanqidchilaridan biri. U Eronda faoliyati taqiqlangan Eron Milliy kengashining asoschisi va rahbari sanaladi. Hozirgi kunda AQShda yashaydi.

Tarjimayi hol



Bolalik yillari




Rizo Pahlaviy 1960-yil, 31-oktyabrda Tehronda tug'ilgan. U Muhammad Rizo Pahlaviyning to‘ng‘ich farzandidir. Onasi - Eronlik Shohbonu Farah Pahlaviy 1959-yilda Muhammad Rizo Pahlaviy bilan turmush qurgan.

Maktabni tugatgandan so'ng, yosh Rizo Pahlaviy Eron Imperator havo kuchlariga kichik ofitser sifatida ishga qabul qilingan. 1977-yilda, 17 yoshida u AQShga parvozlar bo'yicha mashg'ulotlar uchun yuboriladi. AQShda u Uilyams kollejida tahsil olgan, ammo bir muncha vaqt o'tgach, vatani Eronda boshlangan tartibsizliklar sababli o'qishni to'xtatishga majbur bo'ladi. Ko'p o'tmay, 1979-yilda Eronda Islom inqilobi sodir bo'ladi va Eron shohi oilasi bilan birgalikda mamlakatni tark etishga majbur bo'ladi. Tez orada Eronda Eron Islom Respublikasi tashkil topadi .

Shaxsiy hayot



Oila



Otaasi - Shoh Muhammad Rizo Pahlaviy 1919-yilda tug'ilgan va 1980-yilda vafot etgan. Onasi - Shohbonu Farah Pahlaviy 1938-yilda tug'ilgan . Farah Pahlaviy hozirda AQShda istiqomat qiladi. Rizo Pahlaviyning ikki singlisi va bir ukasi bor. Ukasi shahzoda Ali Rizo Pahlaviy 1966-yilda tug'ilgan. 2011-yilning yanvar oyida o'z joniga qasd qilgan. Opa-singillari - malika Farahnoz Pahlaviy (1963) va malika Leyla Pahlaviy (1970-2001). 2001-yil, iyun oyida mehmonxonada xonasidan o'lik holda topilgan.

1986-yil, 12-iyunda Rizo Pahlaviy 1968-yili Tehronda tug'ilgan Yasmin Pahlaviy bilan turmush qurgan. Yasmin Pahlaviy 1970-yillarning oxirida Erondan Qo'shma Shtatlarga ko'chib o'tdi va AQShda Jorj Vashington universitetini tamomladi. Rizo va Yasmin Pahlaviyning uchta qizi bor: malika Nur, malika Imon va malika Farah.

Diniy e'tiqodlar



Rizo Pahlaviy o‘z intervyularidan birida din haqida alohida to‘xtalib o‘tib “Bu har bir kishining shaxsiy ishi, lekin siz mening e’tiqodim hamda shia-musulmonligimni bilishingiz mumkin. Men juda dindor odamman” deb aytgan. Makkaga borib qodir musulmonlarga farz bo`lgan haj ibodatini amalga oshiradi.

Unvoni




Darajasi

Nashrlar




Va shuningdek...




Eslatmalar




Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz