Rizamat Musamuhamedov




Rizamat Musamuhamedov (1881.24.2 - Toshkent - 1979.13.3) — sohibkor bogʻbon, uzumchilik amaliyoti novatori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan agronom (1971), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sohibkor (1935), Mehnat Qahramoni (1962). 1893–47 yillarda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida uzumchilik xoʻjaliklarida sohibkor boʻlib ishlagan. Toshkent viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasida tokchilik boʻyicha yoʻriqchi (1947—1950), Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligida bogʻdorchilik va tokchilik boʻyicha bosh agronom (1950). Bogʻ va tokzorlar barpo etish, tokka shakl berish, tok kesish, tokzorlarni qayta tiklash va tok oʻstirish, hosildorlikni oshirishning yangi va ilgʻor usullarini ishlab chiqqan. Musamuhamedov rahbarligida Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda 3250 ga namunali bogʻ va tokzorlar barpo etilgan. „Tokchilik boʻyicha qoʻllanma“ (1939) „Moʻl uzum hosili yetishtirishdagi tajribalarim“ (1959) kabi kitoblar muallifi. Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik institutida chiqarilgan va Oʻzbekiston, Tojikistonda rayonlashtirilgan serhosil tok navi Musamuhamedov sharafiga Rizamat deb atalgan. Musamuhamedov haqida „Gulga burkangan hayot“ (1961), „Rizamat otaning 100 bahori“ hujjatli filmlari yaratilgan. Toshkent viloyati Qibray tumanidagi uzumchilik, Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi bogʻdorchilikuzumchilik shirkat xoʻjaliklariga, Toshkent shahridagi koʻchalardan biriga Musamuhamedov nomi berilgan.

Vafoti




Rizamat Musamuhamedov 1979-yil 13-mart sanasida 98 yoshida vafot etgan va Toshkent shahrida joylashgan Yalongʻoch-2 qabristoniga dafn qilingan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Rizamat Musamuhamedov haqida aniq va keng qamrovli ma'lumot izlayotgan bo‘lsangiz, afsuski, mening ma’lumotlar bazamda hozircha uning haqida batafsil ma’lumot mavjud emas. Agar u o‘zining faoliyati yoki faoliyat sohasiga oid (masalan, adabiyot, ilm-fan, sport yoki madaniyat) qo‘shimcha ma’lumot bera olsangiz, men sizga ancha yordam bera olaman.

Umuman olganda, agar shaxs haqida to‘liq ma’lumot kerak bo‘lsa, quyidagi usullardan foydalanishingiz mumkin:

  1. Internet qidiruv: Google, Yandex kabi qidiruv tizimlarida ismi va familiyasi bilan izlash.
  2. Ijtimoiy tarmoqlar: Facebook, Instagram, LinkedIn kabi platformalarda izlash.
  3. Mahalliy axborot manbalari: O‘zbekiston yoki boshqa mamlakatlardagi yangiliklar saytlarida, mahalliy kutubxonalarda qidirish.
  4. Akademik va professional resurslar: Agar u ilmiy yoki professional sohada faol bo‘lsa, Google Scholar, ResearchGate va boshqa ilmiy resurslarda qidirish.

Agar sizda qo‘shimcha ma’lumot bo‘lsa yoki aniq savollar bo‘lsa, iltimos, ulashishingiz mumkin. Shunda men yanada ma’lumotli va to‘liq yordam bera olaman.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz