Riyad Mahrez




Riyod Karim Mahrez (1991-yil 21-fevralda tug‘ilgan) — professional futbolchi, Premier League „Manchester Siti“ klubida qanot hujumchisi va Jazoir terma jamoasi sardori.

Mahrez o‘z faoliyatini Fransiyaning „AAS Sarcelles“ klubida boshlagan. U 2009-yilda Quimper jamoasi bilan professional shartnoma imzolaydi va u yerda bir mavsum oʻynaganidan soʻng, Le Havre klubi bilan uch yillik shartnoma imzolaydi. Dastlab u klubda zaxira oʻyinchisi sifatida oʻynaydi, keyin esa asosiy jamoaning doimiy futbolchisiga aylandi. 2014-yilning yanvarida Mahrez Angliyaning „Lester Siti“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi va birinchi mavsumning yakunida Championshipda chempionlikni qoʻlga kiritadi va Premer ligaga chiqishga yordam berdi. 2015-16-yilgi mavsumda u Jazoirda yilning eng yaxshi futbolchisi, PFA tomonidan yilning eng yaxshi oʻyinchisi va „Lester Siti“ga Premer ligada gʻalaba qozonishida yordam bergani uchun Premer ligada yilning eng yaxshi PFA jamoasi tarkibiga kiritildi. U 2018-yilda „Manchester Siti“ bilan shartnoma imzoladi va oʻzining birinchi mavsumidayoq Premer liga, Angliya kubogi va EFL kubogini qoʻlga kiritdi.

Fransiyada tugʻilgan Mahrez 2014-yilda Jazoir terma jamoasi safida debyutini oʻtkazdi va 2014-yilgi Jahon chempionatida hamda 2015-, 2017-, 2019- va 2021-yillarda Afrika Millatlar kubogida ishtirok etib, 2019-yilgi turnirda gʻolib chiqdi. 2016-yilda u CAF tomonidan Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Yoshlik



Mahrez Fransiyaning Sarcelles shahrida tugʻiladi. Otasi jazoirlik, onasi esa marokashlik bo‘lgan. Uning otasi Ahmad Tlemsen tumanidagi Beni Snousda tugʻilgan. Mahrez ulgʻaygach, taʼtillarini mustaqil ravishda Jazoirda oʻtkazardi. Uning bolalikdagi doʻstlari Vissam Ben Yedder kabi futbolchilar boʻlgan. Mahrezning otasi Jazoirda futbol oʻynagan. Mahrez o‘n besh yoshga to‘lganda otasi yurak xurujidan vafot etdi.

Klubdagi faoliyati



Koʻpincha jismonan kuchsizligi tufayli jamoalar tomonidan eʼtibordan chetda qolsa-da, Mahrez toʻp bilan harakat qilish qobiliyatini rivojlantirdi va bu koʻplab jamoalarni eʼtiborini tortdi.

U 2004-yilda AAS Sarcellesga qoʻshiladi. U Shotlandiyaning „Sent-Mirren“ klubida ikki oylik sinovda boʻldi, ammo sovuq ob-havo tufayli uni tark etdi.

2009-yilda Mahrez AAS Sarselesdan Quimperga qoʻshildi va klubdagi birinchi mavsumida 22 oʻyinda maydonga tushdi va 2 gol urdi. Quimperda oʻynab yurganida u Matias Pogba bilan birga yashagan.

U 2010-yilda „Le Havre“ga qo‘shildi va Fransiyaning yetakchi jamoalari "Paris Saint-Germain" va „Marsel“ning taklifini rad etdi. U dastlab ularning o‘rinbosarlari „Le Havre II“ jamoasida o‘ynagan va 2011-yildan 2014-yilning yanvariga qadar Fransiya 2-ligasida 60 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan.

Oʻyin uslubi



Chap oyoqli Mahrez odatda oʻng qanot hujumchisi sifatida oʻynaydi. U ijodkor oʻyinchi boʻlib, oldingi chiziqning istalgan joyida, ikkala qanotda qanot himoyachisi yoki hatto soxta 9lik sifatida markaziy hujumchi rolida oʻynashga qodir. Tezkor, ijodiy va texnik jihatdan iqtidorli oʻyinchi. Nafaqat u gol urishga qodir, balki jamoadoshlari uchun qulay vaziyatlar yaratish qobiliyati tufayli ajoyib assistent hamdir. Yoshligida u oʻzining toʻp nazorat qilish qobiliyati bilan ajralib turardi, lekin uning nimjonligi tufayli koʻpincha eʼtibordan chetda qolardi; Quimperning yoshlar boʻyicha murabbiyi Ronan Salaün va uning yordamchisi Mikael Pellen Mahrezni iqtidori, yaxshi toʻp bilan muomala qilishi, texnikasi va ikki oyogʻi bilan dribling qilish mahoratiga ega ekanligini payqashgan.

Shaxsiy hayot



Mahrez 2015-yilda ingliz qiz do‘sti Rita Johalga uylanadi. Oʻsha yili ularning qizi tugʻiladi. 2020-yil oktabr oyida Mahrez Johaldan ajralganidan keyin model Teylor Uord bilan yaqin munosabatda ekanligi tasdiqlandi. Ular 2021-yil 21-iyun kuni oʻzlarining nikohlarini eʼlon qilishdi. Ular 2022-yilning iyul oyida qiz farzandli bo‘lishdi.

Mahrez musulmondir. 2017-yil iyun oyida Makkaga umra ziyoratini amalga oshiradi.

2020-yilning may oyida Mahrez Manchesterdagi penhaus kvartirasida o‘g‘irlik sodir boʻlganidan so‘ng, yuz minglab funt sterling qiymatidagi qimmatbaho buyumlarini yo‘qotdi.

2020-yil 7-sentabrda u COVID-19 testidan ijobiy natija oldi.

Yutuqlari



Lester Siti

Manchester Siti

Jazoir

Shaxsiy sovrinlari

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz