Rixter shkalasi




Rixter shkalasi - magnitudalar (tebranishlar yoki silkinishlar qiymati) boʻyicha zilzilalarni tasniflovchi jadval. Zilzila (yoki portlash) vaqtida yuzaga keluvchi seysmik toʻlqinlar energiyasini baholashga asoslanadi. Rixter shkalasiga 9 balli sistema asos kilib olingan. Rixter shkalasi boʻyicha zilzila magnitudasi va 12 balli shkala boʻyicha epitsentr (zilzila oʻchogʻi) dagi uning kuchi oʻrtasidagi nisbat oʻchoqning chuqurligiga bogʻliq. Shkala 1935-yil amerikalik seysmolog Ch. Rixter tomonidan taklif etilgan, 1941—45 yillarda B. Gutenberg bilan birgalikda nazariy jihatdan asoslab berilgan (qarang Zilzila, Seysmik shkala).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz