Rixsixon Ibrohimova




Rixsixon Ismoilovna Ibrohimova (1937.29.12, Toshkent) – Oʻzbekiston xalq artisti (1979). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1959). 1956-yildan Hamza teatri (hoz. Oʻzbekiston milliy akademik drama teatri) da. I. lirik-dramatik aktrisa boʻlib, yaratgan obrazlari kuchli dramatizmi, hissiyotlarning chuqurligi, mukammal nutq va plastik ifodaviyligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi rollari: Feru-za, Gavharshodbegim („Mirzo Ulugʻbek“), Guli („Alisher Navoiy“), Ofeliya, Kardeliya, Emiliya („Hamlet“, „Qirol Lir“, „Otello“), Ozoda, Gulyuz („Imon“, „Qotil“), Hemnolini („Gang daryosining qizi“), Nazmi („Kuyov“), Yorqinoy („Momo xotin“), Bibisalima („Mashrab“), Huri aya („Boshi qotgan oshiqlar“) va b. Shuningdek, bir kator videofilmlarda – Fazilat („Diyonat“), ona („Dunyoning ishlari“, „Alisher Navoiy“); kinoda – Oyxon („Integral“), Toshbonu („Shumbola“), Rixsi aya („Seni izlab“), Xosiyat („Farish-talar olov ichida“), Boʻston („Kelinlar qoʻzgʻoloni“), kampir („Yuzsiz“), Qurbonbibi („Kecha va kunduz“) kabi obrazlarni yaratgan. „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan (1997).

Manbalar





uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Rixsixon Ibrohimova haqida aniq va batafsil ma'lumot cheklangan bo‘lishi mumkin, chunki uning nomi keng tanilgan shaxslar ro‘yxatida mavjud emas. Agar siz Rixsixon Ibrohimova haqida aniqroq ma'lumot berishni xohlasangiz, siz uni qaysi sohada taniqli ekanligi, uning faoliyati yoki boshqa muhim tafsilotlarni aytsangiz, men sizga ko‘proq yordam bera olaman.

Agar bu shaxs jamoatchilikka kam tanilgan bo‘lsa, uning faoliyati, ish tarixi yoki shaxsiy hayoti haqida ma'lumot olish uchun ijtimoiy tarmoqlar, mahalliy yangiliklar yoki boshqa ishonchli manbalardan foydalanish kerak bo‘lishi mumkin.

Agar sizga boshqa mavzuda yoki boshqa shaxslar haqida ma'lumot kerak bo‘lsa, iltimos, ayting, yordam berishga tayyorman!



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz