Rixsivoy Avazov
Rixsivoy Avazov (10-yanvar, 1942 — 26-fevral, 2013) — Oʻzbekiston xalq artisti. Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktyori.
Biografiyasi
Rixsivoy Avazov 1942-yil 10-yanvarida Janubiy Qozogʻistonning Turbat qishlogʻida tugʻilgan. 1959-yilda Toshkent shahridagi 22-oʻrta maktabni bitirib, Alisher Navoiy nomli opera va balet teatrida sahna ishchisi boʻlib ishlaydi, ayni paytda A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining „Drama va kino aktyori“ fakultetining kechki boʻlimida oʻqiydi — Oʻzbekiston xalq artisti Albert Xachaturov qoʻlida tahsil oladi.
Oʻzbekiston xalq artisti Rixsivoy Avazov 2013-yil, 26-fevral kuni vafot etdi. Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktyori 71 yoshda edi.
Mehnat faoliyati
R.Avazov 1965-yilda institutni tamomlagach, Hamza nomidagi Oʻzbek Davlat (hozirgi Oʻzbek Milliy) akademik drama teatriga aktyor sifatida ishga qabul qilinadi. „Sarviqomat dilbarim“dagi Kamol R.Avazovning teatr sahnasidagi birinchi obrazi boʻldi. Oʻz ustida tinmay ishlagan, ustoz sanʼatkorlardan sahna sirlarini qunt bilan oʻrganib borgan yosh aktyor teatr repertuaridagi asosiy spektakllarda rollar ijro etib tomoshabinlar eʼtiborini qozondi. R.Avazov teatrda ishlash jarayonida:
Televidiniyadagi faoliyati
R.Avazov 20 yildan beri Oʻzbekiston televideniesida suratga olingan videofilmlar va „Otalar soʻzi—aqlning koʻzi“ telekoʻrsatuvlarida rollar ijro etib, sanʼat muxlislariga manzur boʻlgan. Videofilmlarda aktyor tomonidan qoyilmaqom qilib ijro etilgan:
Dublyaj ustasi
R.Avazov koʻp yillardan beri „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasining dublyaj guruhida faol qatnashib, „Oʻgay ona“, „Donishmand Yaroslav“, „Qirol Lir“, „Ertaga yarim tunda“, „Filipp Marlou“, „Federal politsiya“ kabi mingdan ortiq badiiy filmlar va kinoseriallarga ovoz berdi.
Mukofotlari
Rixsivoy Avazovning ijodiy mehnati munosib baholandi. 2000-yilda „Oʻzbekiston xalq artisti“ faxriy unvoni bilan takdirlandi.
Manbalar
uz.wikipedia.org