Rivojlangan mamlakat
Rivojlangan mamlakat (yoki
yuqori daromadli mamlakat ) — nisbatan kam rivojlangan mamlakatlar bilan solishtirilganda iqtisodiy hayot darajasining ancha yaxshiligi, yuksak taraqqiy qilgan iqtisodiyot sohibi ekanligi va texnologik jihatdan ilgʻor infratuzilmaga egaligi bilan ajralib turadigan suveren davlatdir. Odatda, iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash mezonlari yalpi ichki mahsulot (YaIM), aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromad, sanoatlashuv darajasi, infratuzilmaning yaxshi yoʻlga qoʻyilgani va umumiy turmush darajasiga koʻra belgilanadi. Shunga qaramay, rivojlanganlik darajasini belgilashda qaysi mezonlar qoʻllanilishi va qaysi mamlakatlarni sanoatlashgan deb tasniflash mumkinligi borasidagi bahslar hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda. Rivojlangan mamlakatlarning turli taʼriflari Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Jahon banki tomonidan eʼtirof etiladi, bundan tashqari, Inson taraqqiyoti indeksi reytingi oʻzida oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi, taʼlim va aholi jon boshiga daromadning umumiy indeksini aks ettirgani uchun rivojlangan davlatlarga baho berishda asosan shu kriteriyalar hisobga olinadi. Rivojlangan mamlakatning yana bir keng tarqalgan oʻlchovi bu aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning eng kamida 22 000 AQSh dollari boʻlishi kerakligidir. 2023-yil hisob-kitoblariga koʻra 37 ta mamlakat asosiy toʻrtta mezon talablariga toʻgʻri kelgan boʻlsa, qolgan 16 ta davlat toʻrt mezondan uchtasiga mos kelgan.
Odatda rivojlangan mamlakatlarning postindustriyadan keyingi iqtisodiyotlari rivojlangan boʻladi. Bunda xizmat koʻrsatish sohasi yalpi ichki mahsulotga sanoat sektoriga qaraganda koʻproq daromad keltiradi. Rivojlangan mamlakatlar sanoatlashtirish jarayonida boʻlgan yoki sanoatdan oldingi mamlakatlar bilan, baʼzilari eng kam rivojlangan mamlakatlar toifasiga kiritilishi mumkin boʻlgan, deyarli toʻliq agrar boʻlgan rivojlanayotgan mamlakatlar bilan taqqoslanadi. 2023-yildagi XVJ maʼlumotlariga koʻra, rivojlangan mamlakatlar yalpi ichki mahsuloti nominal qiymatlar boʻyicha jahon yalpi ichki mahsulotining 57,3 foizini va xarid qobiliyati pariteti (PPP) boʻyicha jahon yalpi ichki mahsulotining 41,1 foizini tashkil qilgan.
Taʼrifi va mezonlari
Biror davlatning rivojlanganlik darajasini aniqlash jarayonida olib borilgan muhokamalar davomida ijtimoiy omillardan koʻra koʻproq aniq iqtisodiy mezonlar hisobga olinishi borasidagi qarashlar ustunlik qiladi. Bunday mezonlardan biri aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromaddir; aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan yalpi ichki mahsuloti (YaIM) yuqori boʻlgan mamlakatlar rivojlangan mamlakatlar sifatida qabul qilinadi. Yana bir iqtisodiy mezon — sanoatlashuv; iqtisodiyotida sanoatning uchinchi hamda toʻrtinchi tarmoqlari hukmron boʻlgan mamlakatlar odatda rivojlangan mamlakatlar sifatida qabul qilinadi. Yaqin vaqtlardan boshlab yana bir koʻrsatkich, yaʼni iqtisodiy koʻrsatkichlar, milliy daromad va boshqa koʻrsatkichlar, shuningdek, oʻrtacha umr koʻrish va taʼlim tizimi holatini umumlashtirgan Inson taraqqiyoti indeksi (ITI) darajasi ham keng qoʻllanila boshlandi. Bu mezon rivojlangan mamlakatlarni juda yuqori (ITI) reytingga ega davlatlar sifatida belgilanadi. Biroq, indeks bir qancha omillarni, masalan, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan sof boylik yoki mamlakatdagi tovarlarning nisbiy sifatini hisobga olmaydi. Bu holat G7 aʼzolari va boshqa shu kabi eng ilgʻor mamlakatlarning reytingini pasaytirib yuboradi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika boʻlimi maʼlumotlariga koʻra:
Birlashgan Millatlar Tashkilotiga koʻra „rivojlangan“ va „rivojlanayotgan“ mamlakatlar yoki davlatlarning darajasini belgilash boʻyicha oʻrnatilgan biror konvensiya mavjud emas[9].
Va shu taʼkidlanadi:
Davlatlatlarni „Rivojlangan“ va „rivojlanayotgan“ tarzda ajratish faqatgina statistik darajadagi ahamiyatga ega boʻlib, rivojlanish jarayonida maʼlum bir mamlakat yoki hududga nisbatan hech qanday xulosani ifodalamaydi[10].
Shunga qaramay, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va rivojlanish boʻyicha konferensiyasi ushbu tasnifni qoʻllashda davom etish mumkin deb hisoblaydi:
Rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlar qatoriga Shimoliy Amerika, Yevropa, Isroil, Yaponiya hamda Koreya Respublikasi, shuningdek, Avstraliya va Yangi Zelandiya kiradi[11].
Shu kabi atamalar
Rivojlangan mamlakat konsepsiyasi bilan bogʻliq boʻlgan atamalar qatoriga „yetakchi mamlakat“, „sanoatlashgan mamlakat“, „ilgʻor mamlakat“ (MDC), „iqtisodiy jihatdan yuksak taraqqiy etgan mamlakat“ (MEDC), „Global Shimoliy mamlakat“, „birinchi dunyo mamlakati“ va „postindustrial mamlakat“ kabilarni misol sifatida keltirish mumkin. Sanoatlashgan mamlakat atamasi biroz mavhum atama sanaladi. Chunki sanoatlashuv tinimsiz davom etadigan jarayon boʻlib, uni aniqlash qiyin kechadi. Dastlabki sanoatlashgan mamlakat Buyuk Britaniya, keyingisi esa Belgiyadir. Keyinchalik sanoatlashuv Germaniya, AQSh, Fransiya va boshqa Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida davom etdi. Jeffrey Sachs kabi baʼzi iqtisodchilar fikriga koʻra, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakat oʻrtasidagi mavjud tafovut asosan XX asrda yuz bergan hodisadir.
Mathis Wackernagel mamlakatlarning bu ikkilik belgilarini „na tavsiflovchi, na tushuntirish“ deb ataydi. Haqiqatda ikki xil emas, balki 200 dan ortiq mamlakat mavjud boʻlib, ularning barchasi bir xil tabiat qonunlariga duch keladi, ammo har biri oʻziga xos xususiyatlarga ega.
2021-yilgi tahlilda bozorlar, iqtisodiyotlar yoki rivojlanayotgan bozor maqomidan ancha oʻsgan, ammo rivojlangan mamlakatlar darajasiga hali yetib bormagan mamlakatlarni tavsiflash uchun rivojlangan mamlakatlar qatoriga qoʻshilayotgan atamasini qoʻllash taklif etiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning bozorlaridagi transmilliy korporatsiyalari chet el bozorlarida ham faoliyat olib boradi va xorijiy mamlakatlardan bilim olishning noyob namunalarini taqdim etadi.
Turli mezonlar boʻyicha roʻyxatlangan iqtisodiyotlar
Inson taraqqiyoti indeksi (ITI)
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson taraqqiyoti indeksi iqtisodiyotning inson taraqqiyotiga taʼsiri darajasini oʻlchaydigan statistik koʻrsatkichdir. Inson taraqqiyoti indeksida yuqori ballga ega boʻlish va farovon iqtisodiyot oʻrtasida kuchli bogʻliqlik mavjud boʻlsa-da, BMT taʼkidlashicha, mamlakatda Inson taraqqiyoti indeksi daromad yoki unumdorlikdan koʻra muhimroqdir. Aholi jon boshiga YaIM yoki aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromaddan farqli oʻlaroq, Inson taraqqiyoti indeksi daromadning „taʼlim va sogʻliqni saqlash imkoniyatlariga, shu bilan birga inson taraqqiyotining yuqori darajalariga“ qanday aylanishini hisobga oladi.
1990-yildan beri Norvegiya (2001-2006, 2009-2019), Yaponiya (1990-1991 va 1993), Kanada (1992 va 1994-2000) va Islandiya (2007-2008) Inson taraqqiyoti indeksi boʻyicha eng yuqori ballga ega boʻlgan mamlakatlar hisoblanadi.
2021-yilda 1 dan 66 gacha boʻlgan quyidagi mamlakatlar „inson taraqqiyoti juda yuqori“ mamlakatlar qatoriga kirgan:
Yuqori daromadli iqtisodiyotlar
Rivojlangan mamlakatlar roʻyxatini tuzgan institutlar quyidagilardir: BMT (yuqorida koʻrsatilgan roʻyxat), Markaziy razvedka boshqarmasi va fond bozori indekslarining baʼzi provayderlari (FTSE Group, MSCI, S&P, Dow Jones, STOXX va boshqalar).
Biroq, boshqa koʻplab institutlar ham rivojlangan mamlakatlarni muhokama qilgan holda koʻproq umumiy roʻyxatlarni yaratdilar. Masalan, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) 39 ta „yetakchi iqtisodiyotli mamlakatlar“ni aniqlagan. OECDning 37 ta aʼzosi „rivojlangan mamlakatlar klubi“ sifatida tanilgan. Jahon banki 81 ta „yuqori daromadli mamlakatlar“ni aniqlagan. Yuqori darajada rivojlangan va nufuzli mamlakatlarni tasniflash uchun 30-50 Club (jon boshiga yalpi ichki mahsulot 30 000 dollardan va aholi soni 50 milliondan ortiq) kabi boshqa standartlar ham ishlab chiqilgan.
Jahon bankining yuqori daromadli iqtisodiyoti Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, quyidagi 83 ta mamlakat va hududlarning iqtisodiyoti „yuqori daromadli iqtisodiyotlar“ deb tasniflangan. 2024-moliya yili holatiga koʻra, 2022-yilda aholi jon boshiga YaIM 13 845 AQSh dollari yoki undan koʻp boʻlgan mamlakatlar yuqori daromadli iqtisodiyotga ega hisoblanadi.
Yevropadagi 37 ta davlat va hududlar:
Amerikadagi 22 ta davlat va hududlar:
Osiyodagi 15 ta davlat va hududlar:
Okeaniyadagi 8 ta davlat va hududlar:
Afrikadagi 1 ta davlat:
8 ta sobiq yuqori daromadli iqtisodiyotli davlatlar:
1994 va 2009-yillar oraligʻida Niderlandiya Antillarining bir qismi sifatida
2010-yil 10-oktyabrda tarqatib yuborilgan, uning oʻrniga Kyurasao va Sint-Marten kelgan
Yuqori daromadli OECD aʼzolari Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, quyidagi 34 ta aʼzo „OECDning yuqori daromadli“ mamlakatlari deb tasniflanadi:
Yevropadagi 26 ta davlat:
Amerikadagi 3 ta davlat:
Osiyodagi 3 ta davlat:
Okeaniyadagi 2 ta davlat:
Rivojlanishga koʻmaklashish qoʻmitasi aʼzolari
Rivojlanishga koʻmaklashish qoʻmitasida (DAC) dunyoning yirik donor davlatlari guruhi hisoblanuvchi 29 ta OECDga aʼzo davlatlar va Yevropa Ittifoqi rivojlanayotgan mamlakatlarda rivojlanishga yordam va qashshoqlikni kamaytirish bilan bogʻliq masalalarni muhokama qiladi. Quyidagi OECDga aʼzo davlatlar DACning ham aʼzolaridir:
Yevropadagi 23 ta davlat:
Amerikadagi 2 ta davlat:
Osiyodagi 2 ta davlat:
Okeaniyadagi 2 ta davlat:
XVJ maʼlumotlariga binoan yetakchi iqtisodiyotli mamlakatlar
Xalqaro valyuta jamgʻarmasining maʼlumotlariga koʻra, 41 ta mamlakat va hududlar rasman „yetakchi iqtisodiyotli mamlakatlar“ roʻyxatiga kiritilgan, XVJ versiyasidan chiqarib tashlangan 7 ta mikrodavlatlar va qaram davlatlar Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan oʻzgartirilgan:
XVJ tomonidan tasniflangan Yevropadagi 29 ta davlat va qaramliklar, 6 tasi Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan qoʻshilgan:
Osiyodagi 7 ta davlat va hududlar:
XVJ tomonidan kiritilgan Amerikadagi 3 ta davlat va hududlar, 1 ta hudud Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan qoʻshilgan:
Okeaniyadagi 2 ta davlat:
Markaziy razvedka boshqarmasi XVJning 38 ta rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlar roʻyxatining eski versiyasini oʻzgartirib, XVJning rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlari roʻyxati „Andorra, Bermud orollari, Farer orollari, Gernsi, Holy See, Jersey, Lixtenshteyn, Monako va San-Marino[…]“ kabi 9 ta kichikroq mamlakatlarni ham qamrab olishi kerakligini taʼkidladi. Keyinchalik XVJ roʻyxatiga San Marino (2012) va Andorra (2021) kiritilgan.
Parij klubi aʼzolari
Parij klubining 22 ta doimiy aʼzosi (fransuzcha: Club de Paris) asosiy kreditor-mamlakatlarning mansabdorlar guruhi hisoblanib, ularning roli qarzdor mamlakatlar duch kelgan toʻlov qiyinchiliklariga muvofiqlashtirilgan va barqaror yechimlarni topishdir.
Yevropadagi 15 ta davlat:
Amerikadagi 3 ta davlat:
Osiyodagi 3 ta davlat:
Okeaniyadagi 1 ta davlat:
Qiyosiy jadval (2023)
BMTTD maʼlumotlariga koʻra, inson rivojlanishi „juda yuqori“ (0,800 va undan yuqori) boʻlgan mamlakatlarning qiyosiy jadvali; XVJ maʼlumotlariga koʻra, „rivojlangan“ iqtisodiyotli mamlakatlar; Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, „yuqori daromadli“ iqtisodiyotga ega mamlakatlar; XVJ maʼlumotlariga koʻra, aholi jon boshiga daromad (xarid qobiliyati pariteti) 25 000 dollardan yuqori mamlakatlar.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org